

Birinchi bo'lim oxirlarida argentinalik futbolchi raqib jarima maydonchasinin o'ng burchagida to'pni qabul qilib oldi va markaz tomon o'ziga xos yurish qilib, jarima maydonchasi tashqarisidan yaqin burchakka aniq zarba yo'llab, gol kiritdi.
Ikkinchi bo'limda Messi yana bir marta uzoq masofadan gol urishga erishdi. Bu Leoning chempionatdagi 14- va 15- gollari sifatida qayd etildi. Natijada “Barsa” hujumchisi “Sevilya” vakili Yusuf An-Nosirini ortda qoldirib, La Liga to'purarlari ro'yxatida 2-pog'onaga ko'tarildi. Ro'yxatni esa 16 ta gol bilan Luis Suares boshqarmoqda.



