Messi: “Argentina terma jamoasi Jahon chempioni bo'lmaganiga ko'p bo'ldi”
12 iyu 2014 18:00
Yangiliklar
Messi: “Argentina terma jamoasi Jahon chempioni bo'lmaganiga ko'p bo'ldi”
Lionel Messi muxlislar uzoq vaqt kutgan chempionlikni ularga sovg'a qilmoqchi.
“Argentina terma jamoasi oxirgi 20 yil ichida hech qanday musoboqada g'olib bo'lmadi. Biz 2011 yilda o'tgan “Copa America” turniriga mezbonlik qildik, ammo kubok bizga nasib etmadi. 20 yil bizning jamoa uchun katta muddat va biz Braziliyada zafar quchmoqchimiz.
Kim o'z yurti uchun Jahon chempionligini olib berishni xohlamaydi? Men argentinalikman, biz ikki Jahon chempionatida g'olib bo'lganmiz, so'nggi g'alaba 28 yil oldin sodir bo'lgan, bu chempionlik mening tug'ilishimdan oldin yuz bergan. Men muxlislarning chempionlikni nishonlaganini ko'rmaganman, bu haqida eshitganman. SHu sabab biz mundialda g'alaba qozonmoqchimiz, lekin bu ish oson bo'lmasligi aniq”, - deydi Messi hind jurnalistlariga.

Fikrlar