So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  1 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  3 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  3 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  9 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

"Mening "Real Madrid"dagi hikoyam yozib bo'lingan". Krishtianu Ronaldu atrofidagi mish-mishlarga nuqta qo'ydi Yangiliklar

"Mening "Real Madrid"dagi hikoyam yozib bo'lingan". Krishtianu Ronaldu atrofidagi mish-mishlarga nuqta qo'ydi

Teglar :  Krishtianu Ronaldu
Krishtianu Ronaldu boshqa klubga o'tishi borasidagi xabarlar haqida bayonot berdi.

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zi atrofida bo'layotgan mish-mishlarga uzil-kesil nuqta qo'ydi

"Meni yaqindan bilganlar o'z ishimga qanchalik mehr bilan yondashishimni yaxshi bilishadi. Kamroq gap va ko'proq mehnat qilish. Bu shiorga faoliyatim boshidan beri amal qilib kelaman. Ammo, oxirgi kunlardagi barcha gapirilgan va yozilgan narsalarga o'z munosabatimni bildirishim lozim. 

Matbuot orqali yozilayotgan mish-mishlar mendan ko'ra, ushbu mavzuga aloqador bo'lgan klublar, ularning o'yinchilari va hodimlariga ko'proq xurmatsizlik sanaladi.

Mening "Real Madrid"dagi hikoyam yozib bo'lingan. "Real" bilan erishgan yutuqlarim so'zlar va raqamlar bilan, shaxsiy va jamoaviy sovrinlar bilan, rekordlar va katta harflar bilan tarixga muxrlanib qolgan.

 Bularning barchasi "Santyago Bernabeu"dagi muzeyda va har bir muxlisning xotirasida abadiy saqlanadi.

Aminmanki, haqiqiy "Real" muxlislari meni o'z yuraklarida saqlashadi. Men esa ularni o'zimning qalbimda saqlayman. 

Ispaniyada yuz bergan ushbu holatga kelsak. Matbuotda meni bir nechta klublar va turli ligalar bilan bog'lashga harakat qilishdi. Hech kim haqiqatni aniqlashga uringani ham yo'q. 

Atrofimdagi insonlar men bilan o'ynashishlariga ortiq jim qarab turolmayman. Men o'z faoliyatimga etibor qaratishda va qattiqroq mehnat qilishda davom etaman. Duch kelishim lozim bo'lgan barcha sinovlarga tayyorman. Qolgan narsalar? Qolgan narsalar - shunchaki quruq gap-so'z", -deb yozadi Krishtianu Ronaldu.

Eslatib o'tamiz, shu  kunlarda Krishtianu Ronaldu atrofida juda ko'p xabarlar tarqalgandi. Kimlardir uni "Real"ga qaytishi haqida yozsa, bazilar uning agentlari "Manchesteri Siti" bilan aloqaga chiqqani haqida malum qilishgandi.



Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика