Mbappening otasi PSJ bilan 36 mln evrolik shartnoma imzolashni, o'yinchining yuristi esa "Real"ga o'tishni maslahat bermoqda
26 avg 2021 17:06
Yangiliklar
Mbappening otasi PSJ bilan 36 mln evrolik shartnoma imzolashni, o'yinchining yuristi esa "Real"ga o'tishni maslahat bermoqda
PSJ forvardi Kilian Mbappening otasi parijliklar bilan shartnomasini uzaytirish tarafdori.
Vilfrid Mbappe o'g'liga PSJning shartnomasini qabul qilishni va yiliga 36 million evrolik 3 yillik bitim tuzishni maslahat berdi.
Ammo, Kilianning yuristi Delfina Verxeyden o'yinchiga "Real"ga o'tishni maslahat berdi.
U francuzga "futbolda tarix yozish va meros qoldirish" istagini eslatdi. U PSJda yuqori maosh olishini, ammo Madridda reklama shartomalari orqali undan ham ko'proq daromad olishini tushuntirdi.
Mbappe 2017 yilda PSJga otasining tavsiyasi bilan "Monako"dan o'tgan edi. Endi hozir yuristini tinglashga moyilroq.
Fikrlar