So’nggi yangiliklar

01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  0 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  0 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  0 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  1 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  4 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  17 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  3 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  11 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  20 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2

Mbappe va Xakimi AQSHda dam olishmoqda. PSJ murabbiyiga ularning uzaytirilgan tatili yoqmaganga o'xshaydi Yangiliklar

Mbappe va Xakimi AQSHda dam olishmoqda. PSJ murabbiyiga ularning uzaytirilgan tatili yoqmaganga o'xshaydi

Kilian Mbappe JCH-2022 finalida mag'lub bo'ldi va birdan PSJga qaytgan holda, uch kundan so'ng mashg'ulotlar o'tkazdi.

U birdan tatilga yo'l olmadi, ammo 2023 yilning boshini o'zi uchun boyitdi.

Yolg'iz emas, balki JCHda mag'lub qilgan do'sti bilan.



Mbappe va Xakimi PSJda tatilsiz o'ynashdi, so'ngra boshqa qitaga uchib ketishdi


Qatardan qaytgan g'amgin Mbappening suratlari JCHdan so'ng bir necha kun ichida paydo bo'ldi. L’Equipe Kilian finaldan so'ng PSJ bosh murabbiyi Kristof Galtega mashg'ulotlarni imkoni boricha tezroq boshlash va bunga jismonan va ruhiy jihatdan tayyorligini aytganini yozdi.

Mbappe JCHdan so'ng birinchi o'yinda "Strasburg" darvozasiga penaltidan g'alabani golini urdi va uch kundan so'ng PSJ bilan "Lans"ga 1:3 hisobida yutqazdi. Ashraf Xakimi ham ikki o'yinni (birinchisini to'liq emas) o'tkazdi. Jamoa keyingi o'yinda Kubok doirasida ularsiz "SHatoru"ni 3:1 hisobida taslim etdi.



Galte "Mbappe va Xakimida dam olish uchun bir necha kun bo'ladi. Ularning "Strasbur" va "Lans"ga qarshi o'ynashi, shundan so'ng tiklanish uchun vaqt olishlari rejalashtirilgan" deb ogohlantirgandi.


Tatilda basketbol o'yiniga tushishdi, Nyu-Yorkda niqoblarda aylanishdi va Marokashda tushlik qilishdi



Mbappe va Xakimi AQSHga uchib ketishdi. Ular u erda NBA doirasida "Bruklin" va "San-Antonio" o'rtasidagi o'yinga tashrif buyurishdi. O'yin intrigaga boy bo'lmadi – "Bruklin" raqibini "+36" bilan yakson qildi, ammo Kevin Dyurent futbolchilar bilan gaplashdi va ularga klub maykalarini sovg'a qildi. Kayri Irving bilan ham suratga tushildi. Ular o'yindan so'ng kiyim almashtirish xonasida uchrashishdi.




Mbappe va Xakimi shuningdek Nyu-Jersidagi American Dream Hall savdo markaziga tashrif buyurishdi, ular unda amerikancha tepaliklarda uchishdi, kvest-xonaga kirishdi va kafeda ovqatlanishdi, Mbappe esa to'liq xursandchilik bilan ninzya-toshbaqasi bilan suratga tushdi.



Mashhur bo'lib ketgan voqea: Mbappe va Xakimi Tayms-skverda qo'llariga tushgan narsa bilan o'ranib olishgan, ammo ularni baribir tanib qolishdi.




Kutilmagan davom: Mbappe ijtimoiy tarmoqlarda suratlar bilan bo'lishdi va ulardan birida H&M brendi fonidagi rasm ham bor edi. Yashirin reklama. Yoki unday emasmi?



Xakimi shundan so'ng Mbappeni vataniga olib keldi. Ularni Marokashda ko'rishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ularning shahardagi taniqli restoranlardan birida kechki ovqatni tanovul qilishayotgan video tarqaldi.

Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Valid Regragi Canal Football Club'ga bergan intervyusida ikki o'yinchining do'stligiga ham to'xtaldi: "Ular do'stlardan ham yaqinroq, ular aka-ukalar". Va murabbiy "JCH-2022 yarim finali oldidan Xakimiga do'stiga qarshi o'ynashga to'g'ri kelishini aytdim. U esa o'yinda do'stlar bo'lmasligini aytib javob qildi" deb esladi.


Balki PSJ murabbiyini Mbappe va Xakimining anchadan beri jamoaga qaytmayotganlari g'azablantirayotgandir



Ommaviy mojaro yo'q, ammo Galte optimal tarkibga ehtiyoj sezayotganiga shama qildi. Kubok doirasidagi "SHatoru"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng buni aytdi: "Ayrim o'yinchilarning Liga 1 doirasidagi "Anje"ga qarshi bahs oldidan qaytishlariga muhtojmiz. PSJga asosiy tarkib o'yinchilari kerak. Jahon chempionati ortda qolganini bilaman, ammo hamma etiborini klublar miqyosidagi futbolga qayta qaratishi kerak".

Galte Kubok doirasida Messi (JCHdan so'ng hali qaytmagandi), Neymar (tiklanishda), Mbappe (tatil), Xakimi (tatil), Verratti (tatil) va Mendesh (jarohat)siz o'ynashga majbur bo'ldi. "Anje"ga qarshi o'yin oldidan jarohatlanmagan o'yinchilardan barchasi tayyor, faqatgina Mbappe va Xakimidan tashqari.

Ashraf diskvalifikaciya qilingan, Mbappe esa u bilan mashg'ulotlarga ertaga, aniqrog'i 12 yanvar kuni qaytadi. "Anje" bilan o'yin bugun bo'lib o'tadi. SHunday ekan, to'liq optimal tarkib yig'ishning uddasidan chiqilmadi.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика