Mbappe “Oltin to'p” tarixidagi eng yosh davogar bo'ldi
10 okt 2017 01:31
Yangiliklar


Mbappe “Oltin to'p” tarixidagi eng yosh davogar bo'ldi
“Pari Sen-Jermen” klubi hujumchisi Kilian Mbappe “Oltin to'p” tarixidagi eng yosh davogar futbolchiga aylandi.
Kecha France Football nashri “Oltin to'p” sovriniga davogar 30 nafar futbolchining ism-sharifini elon qilgandi. Ushbu ro'yxatdan joy olgan Kilian ayni paytda 18 yoshu 9 oylik.
SHu tariqa, franciyalik futbolchi eng yosh davogar sifatida etirof etildi. SHu kungacha bu nom angliyalik Maykl Ouenda edi. Joriy mavsumda Mbappe PSJ libosida 6 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol kiritishga va shuncha golga hammualliflik qilishga muvaffaq bo'lgandi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar