So’nggi yangiliklar

13:34"Биз у билан яна боғланамиз". Мареска Мудрикнинг дисквалификациясига изоҳ берди  0 13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  1 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1 11:48ЎзФҲМ "Андижон" – "Қизилқум" ўйинида юзага келган баҳсли вазият бўйича изоҳ берди  10 11:10Шомуродов Туркия клубининг таклифини қабул қилдими?  17 10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  8 10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  3 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  1 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  5 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  6 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  8 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ кутилмаганда имкониятни бой бериб қўйди  21 07:40Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2

Maydonda hech narsadan tap tortmagan janjalkash Gattuzo Yangiliklar

Maydonda hech narsadan tap tortmagan janjalkash Gattuzo

Italiyalik ajoyib yarim himoyachilardan biri hayoti va faoliyatiga oid malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

Tarjimai hol

Jennaro Gattuzo baliq ovlovchilar shaharchasida katta bo'lgan, lekin bu narsa u futbol olamida chempion bo'lishi va butun dunyoga tanilishiga to'sqinlik qilmadi.


Bolaligi va yoshligi

Jennaro Ivan (Rino) Gattuzo 1978 yilning 9 yanvarida Italiyaning Korilyano-Kalabro shahrida dunyoga keldi. Gattuzo duradgorlar oilasida ulg'aydi va bolaligidan qiyinchilik bilan pul topish nima ekanini tushunib ulgurgandi. U tug'ilgan shaharchada faoliyatini boshlashi va rivojlantirishi uchun imkoniyatlar etarli emasdi. SHuning uchun, 12 yoshida u erdan ketishga qaror qildi.

Jennaroning otasi havaskor jamoalardan birida futbol o'ynagan. Aynan u o'g'li futbolga qiziqishi va unga muhabbat qo'yishiga sababchi bo'lgan. Rinoning ilk formasini ham otasi sovg'a qilgandi. Ota-onasi tomonidan qo'llab-quvvatlangan yosh bolakay Peruja maktabi ko'rigidan o'tish uchun yo'l oladi.


SHaxsiy hayoti

Rino "Reyndjers"da to'p tepib yurgan kezlari bo'lajak ayolini uchratadi — Monika Romano (jurnalist Karla Romanoning singlisi). Juftlikning ikki farzandi bor — o'g'il Franchesko va qiz Gabriella.

Gattuzo bo'sh vaqtlarida shaxsiy baliqchilik magazinini yanada rivojlantirish bilan shug'ullanadi. Uning do'koni 2010 yil Korilyano-Kalabroda ochilgan.


Futbol

Gattuzo yoshligida o'zini iqtidorli futbolchi sifatida ko'rsata olgan. Jamoaga aytarli yordam berolmagan bo'lsa ham, "Reyndjers" vakillari etiboriga tushib ulgurgandi. Klub xodimlari unga asosiy tarkib o'yinchisi maqomini berishga tayyor, muxlislar esa klubning yangi futbolchisidan hayratda edilar. U kelgan kun tribunadagilar "Rino" deb qichqirib, uni iliq kutib olishdi. Ammo jamoa murabbiyi almashganidan so'ng, Jennaro "Salernitana" tomon yo'l oldi.

Gattuzo 1998/1999 yilgi mavsumda A Seriyaga ko'chib o'tdi, lekin yana muvaffaqiyat qozonolmadi. Ko'p o'tmay jamoa V Seriyaga tushib ketdi, biroq bu futbolchi faoliyatiga soya solmadi. Unga "Roma" va "Milan" klublari shartnoma imzolashni taklif qildi. Gattuzo Milanga ketishni afzal ko'rdi. Yosh futbolchi yangi jamoada tayanch yarim himoyachi poziciyasida harakatlandi. Rino UEFA CHempionlar Ligasi doirasidagi "CHelsi"ga qarshi uchrashuvda debyut qildi. Jennaro etakchilik roliga osonlik bilan etishgani yo'q. Qolaversa, "Milan"dagi ilk mavsumning 22 o'yinida atigi 1ta gol urdi. Tajovuzkor va keskin o'yinlari tufayli hakamlardan ko'p bora sariq kartochkalar olgandi.

Rino 2003 yil CHempionlar Ligasida "Milan"ga g'alaba olib keldi, keyin esa Italiya chempionatida bosh sovrinni qo'lga kiritishda yordam berdi. Bunga jamoadoshi Andrea Pirlo bilan ajoyib hamkorligi ko'mak bo'ldi. Ushbu voqeadan biroz vaqt avval Gattuzo Italiya termasiga chaqirildi. U mamlakat jamoasi bilan Jahon va Evropa chempionatlarida ishtirok etdi. Lekin yuqori natijalarga erisholmagan futbolchi 2010 yil milliy termadan ketayotganini malum qildi. Keyinchalik, raqiblari haqida gapirarkan, Rino Zinedin Zidanni buyuk o'yinchi deya etirof etdi.

Oradan ikki yil o'tib, Jennaro "Milan"dan ketdi, ammo futbolchilik faoliyatini tugatgani yo'q. U SHveycariyaning "Son" klubiga o'tdi va bir qancha vaqt mobaynida o'yinchi-murabbiy sifatida ishladi, lekin quyi ko'rsatkichlar tufayli lavozimidan ozod etildi. Keyin esa "Palermo"ni boshqardi, jamoa V Seriyaga tushib ketganidan so'ng, u istefoga chiqarildi. Futbolchi taslim bo'lmadi va "Ofi" nazoratini o'z qo'liga oldi. Afsuski, bu safar klub tang ahvolda bo'lgani tufayli jamoadan o'zi ketishga qaror qildi. Navbatdagi ish joyi "Piza" bo'ldi, lekin klub S Seriya tomon yo'l oldi va Gattuzo yana kursisini bo'shatib qo'yishiga to'g'ri keldi. Ko'p o'tmay, "Milan" yoshlar jamoasiga ruliga o'tirdi. Jennaro 2019 yil Milan klubi bosh murabbiyligidan ketdi.


Jennaro Gattuzo hozir

Sportchi 2019 yil qishdan buyon "Napoli" jamoasiga bosh murabbiylik qilmoqda. SHuningdek, u o'z formasini yo'qotmaslik uchun tinimsiz harakat qilmoqda (bo'yi - 177 sm, og'irligi - 77 kg).


Erishgan yutuqlari

Italiya termasi safida
2000 — 21 yoshgacha bo'lgan jamoalar o'rtasida Evropa chempioni
2006 — Jahon chempioni

"Milan" safida
2003/04, 2010/11 — Italiya chempioni
2003 — Italiya Kubogi sohibi
2003, 2007 — UEFA CHempionlar Ligasi g'olibi
2003, 2007 — UEFA Superkubogi sohibi
2004, 2011 — Italiya Superkubogi sohibi
2007 — Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati g'olibi

SHaxsiy
2006 — Jahon chempionati ramziy terma jamoasining azosi


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика