So’nggi yangiliklar

09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  0 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  11 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  3 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  25

Mauro va Spaletti rostdan yarashdimi yoxud Ikardi qachon ketadi? Yangiliklar

Mauro va Spaletti rostdan yarashdimi yoxud Ikardi qachon ketadi?

Italiya chempionati navbatdagi tur uchrashuvi haqidagi norozilik ohanglari butun Marassi bo'ylab kezib yuribdi.

Arenaning asosiy qismini "Jenoa" muxlislari egallagan va ular g'azabini yashirmadi. SHunga o'xshash reakciyani "Inter" ishqibozlari joylashgan tribunada ham ko'rish mumkin edi. Qizig'i, bu nafratning barchasi birgina odamga — Mauro Ikardiga yo'llangan edi.

Genuya klubi tifozilari hujumchining "Sampdoriya" safidagi o'yinlarini unutishmagan (2012 Ikardi derbida "Jenoa" darvozasini ishg'ol qilgan), "Inter" muxlislari esa avvalroq hujumchidan tezroq "qutilish" zarurligini va uni jamoaning bir qismi deb hisoblashmasligini bildirishgandi. U maydonga tushar ekan, o'zlarini shu kabi tutishga vada berishgandi. 

Ikardi butkul xotirjam ko'rinardi. Birinchi bo'lim o'rtalariga qadar, jamoa Mauroga qarshi degan fikrni olg'a surayotganlar uchun barchasi oydek ravshan edi, argentinalik to'pni biror marta qabul qilib olmadi. Lekin 20-daqiqada, to'pga ikkinchi marta teginishi bilan, shtangani poyladi, 40-daqiqada esa raqib markaziy himoyachisi Kristian Romeroni o'ziga nisbatan qo'pollik ishlatishga majbur qildi. Natijada Romero qizil kartochka olib maydonni tark etdi. O'zi esa penaltidan unumli foydalandi. "Inter" muxlislari sektoridan kimdir golni nishonlashga tushdi, ammo ultras etakchisi golni nishonlamasliklarini so'radi. Maydonda esa bundan hech kim bosh tortgani yo'q.

"Sky Calcio" sharhlovchilari vaziyatni, jamoa Ikardini qanday tabriklaganini etibor bilan kuzatib turishdi. Maydondagi barcha 9 futbolchi kelib uni qutladi. Birgina Xandanovich "bu krugga" qo'shilmadi. Sardorga bahona ham topib berishdi. Darvozabon golni nishonlagani kelsa, o'z joyini egallashga ulgurmasdi. Xo'sh, Perishich-chi? Kelishmovchilikdan asar ham yo'q. Ikki bo'limda Ikardining uzatmasidan so'ng, xorvatiyalik gol urdi. "Bu do'stona, qattiq quchoqlash (tabriklash) edi", — dedi "Corriere dello Sport" bosh muharriri Ivan Dzadzaroni.

Deyarli barchani vaziyatning emocional tomoni qiziqtirardi, lekin hozir "Inter" uchun eng muhimi raqamlar. Oradan 53 kun o'tib maydonga qaytgan Ikardi:

— chempionat doirasida 15 dekabrdan buyon ilk marta gol urdi (golsiz etti o'yin);

— chempionatda 25 sentyabrdan buyon ilk golli uzatmani amalga oshirdi;

— penalti ishladi va raqib "Jenoa" bir kishi kam bo'lib qoldi;

— birorta ham noaniq pas bermadi.

"Inter" uchinchi noyabrdan buyon ilk bor A Seriya urchashuvida 3tadan ko'p gol urdi (5:0 o'sha "Jenoa" bilan). "Bazan oqibati qanday bo'lib ketishi mumkinligini bilmay turib ishlar qilamiz. Men birinchi qadamni tashlashim kerak edi, buni boshqalardan kutdim. Nimadir etishmasdi, lekin ushbu g'alaba barchasini o'z o'rniga qaytaradi, – deb hulosa qilgandi Luchano Spalletti. — Mauro penalti bo'lgan vaziyatda xarakterini namoyish qildi. U jamoadoshlari bilan suhbatlashib oldi va ular penaltini aynan Mauro tepishini istashdi. Biz barchamiz bir tomondamiz. Bu erda barcha mehnati uchun maosh oladigan professionallar yig'ilgan. Ikardi qilgan ishiga yarasha jazo oldi. Uni tarkibga kiritmaslik adolatdan bo'ldi. Jamoa o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata oldi. Endi bizda yana bir hujumchi bor".

"Inter" murabbiyining fikrlari uning o'zi yaqindagina "Sky Calcio Club" ko'rsatuvida jonli efirda, "Lacio"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin aytgan so'zlaridan tubdan farq qilardi. O'shanda Luchano "neradzurri" muxlislariga yoqib tushgan fikrlarni aytib o'tdi. Allenatore o'zi uchun jamoa ichidagi ishonch muhimligini takidladi. Ikardi maydonda Messi yoki Ronaldu jamoaga bera oladiganchalik farqni taqdim etolmasligi va futbolchi "yoqtirgan" jamoa libosini kiyish uchun uni majburlash yoki undash niyati yo'qligini aytib o'tgandi. Kuch — professionallik va tartib ekanini takidlardi. Barchasi Luchano Ikardi masalasida qatiy fikrdaligini ko'rsatardi. Lekin uning oxirgi intervyularidagi so'zlari — Beppe Marotta forvard tarkibga qaytishi uchun ko'p ter to'kkanini bildirib turardi.

Spalletti bu bilan Ikardidan sardorlik bog'ichini olib qo'yish bosh direktorning qarori emasligini bildirib qo'ydi. Bunga murabbiyning o'zi turtki bergan jamoa etakchilari bilan kelishmovchilik Spaletti uchun yangilik emas. O'zining "Kapitan" nomli kitobida Franchesko Totti shunday degan: "Roma"ga qaytgach, Luchano o'zini menga nisbatan juda g'alati tutdi. Bir necha bor yoqalashib ketishimizga sal qoldi. "Spalletti barchaga shubha ko'zi bilan qaraydigan bo'lib qolgan, huddi kimdir uning ortidan ish qilayotgandek, unga qarshi ish boshlayotgandek tuyulaveradigan bo'lib qoldi", — deb yozgandi Totti.

"Inter"da aslida nima bo'lganini hech kim bilmaydi. Birinchi variant bo'yicha, Spalletti o'yindan so'ng g'alaba qozonilganiga qaramay, futbolchilarni keskin tanqid qilgani sabab Ikardi bilan urushib ketishiga sal qolgan. Boshqa bir variantda, Mauro jamoadoshlari bilan kelisholmay qolgan murabbiy bunday vaziyatda u sardor bo'la olmaydi deb hisobalagan. Kimdir barchasiga Vanda Naraning suyaksiz tili aybdor deb aytmoqda. Nima bo'lganda ham, Spalletti qarori oqibatlarini o'ylab ko'rishi lozim. Ikardi – maydonda o'z ishini yaxshi bajara oladigan professional, ammo omma ko'z o'ngida kamsitilishiga chidab o'tiradigan inson emas. Luchano uzoqni ko'ra bilmadi, rahbariyat esa aralashishiga hojat qolmasligi kerak bo'lgan vaziyatda muammoni hal qilishiga to'g'ri keldi. 

Hozirda Spalletti Ikardining qo'lini qisib, barcha kelishmovchilik ortda qolganini aytmoqda. Oldinda jamoani "Atalanta"ga qarshi muhim o'yin kutmoqda, Lautaro Martines hamon jarohatidan qutilgani yo'q. Balde Keyta esa "Lacio" bilan o'yinda markaziy hujumchi emasligini ko'rsatib qo'ydi. Mauro "Inter"ga kerak va Luchanodan o'z principlariga qarshi borishni so'rashgan (yoki buyurishgan).

Yaqin ikki oy davomida Ikardi, Spalletti va "Inter" maqsadga etish uchun bir qayiqda suzadi. Yozda esa rahbariyat tanlov qilishga majbur. Mauro va Luchano yaqin do'st bo'lib ketishlari qiyin masala. Har ikki shahsning ham "ego"si kuchlilik qiladi. Ikardi o'zini jamoa etakchisi sifatida ko'rmaydigan murabbiy bilan ishlashi qiyin. Spalletti esa faqatgina eng yaxshi to'purar bo'libgina qolmay, loyihaning markaziy figurasi bo'lishni istaydigan futbolchi bilan chiqisha olmaydi. Birgalikda ular "Inter"ni CHempionlar Ligasiga qaytarishdi. Ammo vada qilinganidek, chempionat oltin medallari uchun kurasha olish o'rniga, gap-so'zlar "jangi" bo'lib ketdi va bu holat yana bir yilga cho'zilmasligi kerak.

Kim biladi, balki yangi mavsumda ularning ikkisini ham ko'rmasmiz. "Corriere dello Sport" Antonio Konte jamoani qabul qilib olishga rozilik berganini va Ikardini sotishga qarshi emasligini malum qilgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика