MYU "Ipsvich" hujumchisini xarid qilmoqchi
12 may 2025 21:15
Yangiliklar
MYU "Ipsvich" hujumchisini xarid qilmoqchi
"Manchester Yunayted" Evropa ligasida g'alaba qozonsa, "Ipsvich" hujumchisi Liam Delap transferini amalga oshirmoqchi.
Hozirda "Ipsvich" hujumchisiga eng faol qiziqishni "Manchester Yunayted" va "Chelsi" bildirmoqda. Takidlanishicha, "MYU" transferga jiddiy qiziqish ko'rsatgan – Delap klubning hujumchi poziciyasidagi asosiy maqsadi hisoblanadi. Shu bilan birga, "Chelsi" hujumni kuchaytirish uchun bir necha variantni ko'rib chiqmoqda, va "Ipsvich" hujumchisi "ko'klar" bosh murabbiyi Enco Mareskaga yaxshi tanish.
Delap mavsum yakunigacha kutib, qaror qabul qilmoqchi, biroq hujumchi yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionati boshlanishidan oldin o'z kelajagini aniqlashtirishni xohlaydi. "Ipsvich" APLdan tushganidan so'ng, 22 yoshli futbolchining tovon puli 30 million evroni tashkil etmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar