Mats Xummels: "Irlandiya bizga qarshi himoyaviy o'yin ko'rsatadi"
14 okt 2014 22:42
Yangiliklar
Mats Xummels: "Irlandiya bizga qarshi himoyaviy o'yin ko'rsatadi"
Germaniya himoyachisi Mats Xummels Evropa chempionati saralash bosqichi doirasidagi Irlandiyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Men o'z o'yinimni kuchaytirib borishga harakat qilmoqdaman. Asta-sekinlik bilan o'z sport formamni tiklab boryapman. Polshaga qarshi yaxshi o'ynadik, ammo natija ko'ngildagidek bo'lmadi. O'ylashimcha, Irlandiya bizga qarshi o'yinda himoyaviy taktikani tanlaydi. SHu bois, Polshaga qarshi o'yindagidan ham yaxshiroq va kuchliroq o'ynashimiz lozim bo'ladi.
Fikrlar