So’nggi yangiliklar

23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   10 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  16 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  3 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  14 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  12 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   13 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   8 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0

Mateya Kejman - buyuk futbolchimi yoki buyuk omadsiz…? Yangiliklar

Mateya Kejman - buyuk futbolchimi yoki buyuk omadsiz…?

Zamonaviy futbol har doim ham o'ta adolatli bo'lavermaydi. Bugun, hozir shuhrat cho'qqisida turgan futbolchi zum o'tib hech kimga keraksiz bir matohga aylanishi ham hech gap emas.

Klublar borasida ham shunday: yo dunyoga taniqli jamoa bo'lish kerak, aks holda hech kimga keraksizsan. Murabbiylar borasida ham shunday deyish mumkin: yo doimo o'sishda bo'lish lozim, yoki...

FootballHD.ru XXI asr boshlarida Serbiyaning yorqin yulduzi deb bashorat qilingan, alal-oqibatda esa, o'z ichki imkoniyatlaridan to'liq foydalana olmagan holda buyuk omadsizga aylangan Belgradlik Betmenning futboldagi faoliyatiga alohida to'xtalib o'tadi.

Mateya Kejmanning CHelsiday jamoa safida omadsiz ishtiroki uning avvalgi buyuk karerasini bir lahzada yo'qqa chiqardi, katta futboldagi muvaffaqiyatsizlik yaqindagina butun futbol olamini zir titratgan hujumchini tarix axlatxonasiga yubordi. Hech kimni bu futbolchining bolaligi sobiq Yugoslaviyada fuqarolar urushi avj olgan og'ir bir paytga to'g'ri kelgani, undagi tug'ma istedod o'ylantirmadi ham. Hammaga natija va faqat natija kerak edi.

Ko'pgina futbol fanatlari Kejmanni buyuk omadsiz deb biladi, uning CHelsiga transferini esa klub tarixidagi eng yoqimsizi ekanligini aytishadi. SHunday futbolchi keldi, maydonga tushdi va ketdi - gap tamom.

Yuqorida aytilgan gaplarning aksariyati to'g'riday ham - Mateya Kejman chindanam CHelsida o'ta muvaffaqiyatsiz to'p surdi, ketganidan ke­yin esa yanada yomon. Ammo u qachonlardir ega bo'lgan yuksak iqtidorni unutib bo'larmidi?

Partizan va PSVda Kejman to'xtatib bo'lmas kuchga ega edi, o'yini esa ko'zni quvnatardi. Bu yorqinlikni Stemford Bridjga ko'chirish borasidagi o'ta shoshqaloqlik esa futbolchi ruhiyatiga salbiy tasir etdi. Erediviziyada Kejman ishtirokidagi bahslar gigantning bosh­qalar ustidan hukmronligiday ko'rinar edi. U gollar ketidan gollar urar va eng hayratlanarlisi, barcha kiritgan to'plari turli nuqtadan, g'aroyib ko'rinishlarga ega edi. Dasturlangan robot maydonda o'z ishini bajarayotganday tassurot qoldirardi, barchada. U hamma narsaga qodir edi: tezlik, fikrlash, zarba va to'p oshirishlar, kombinaciyalarni nihoyasiga etkazish - Kejmanda kuchsiz nuqtaning o'zi yo'qday qilib ko'rsatardi. Gollandiyada u xuddi superqahramonday harakat qilar, aqlli o'yin ko'rsatar, to'p ortidan to'plar kiritishdan to'xtamasdi.

Balki, u nisbatan kuchsiz bo'lgan ligalarda to'p surgani uchun chiroyli o'ynagandir. Biroq sanat qaerda bo'lmasin sanatligicha qoladi. Hamma gap undan maza olishni bilishda, xolos.

***

Zlatko Kejman nomi o'tgan asrning 80-yillarida professional golkiper sifatida sobiq Yugosloviyada tanilgandi. U Belgradning Zemun jamosi sharafini himoya qilar, 1979 yilda tug'ilgan o'g'li Mateya ham futbol havosida voyaga etgandi. Bola 7 yoshida Zemun akademiyasiga o'qishga bordi, oradan 10 yil o'tgach esa iqtidori yuzaga chiqmagan holda uni tark etdi.

Mateya 16 yoshga to'lganida Radnichki klubida paydo bo'ldi va bu jamoa uning uchun qadrdon bo'lgan Belgraddan 300 km. uzoqda joylashgandi. Ke­yinchalik u Loznica va Sartid klublarida to'p surdi. Mateyadagi iqtidor uchqunlarini birinchi bo'lib Partizan vakillari - mamlakatdagina emas, ko'hna qitada ham taniqli hisoblangan jamoa skautlari payqashdi. SHu tariqa u 1998 yilda ushbu klubda paydo bo'ldi..

Yoshligidan Partizan muxlisi bo'lgan Mateyaning orzulari ro'yobga chiqayotgan edi. Afsuski, mamlakatda boshlangan fuqarolar urushi uning mazkur klubdagi karerasiga putur etkazdi. Sobiq Yugoslaviyaning 1-ligasi 1992 yilda tarqatib yuborildi va Partizan Serbiya va CHernogoriyaning yangi 1-ligasida paydo bo'ldi. Kejman hali jamoaga kirishib ketmay turib esa NATO Belgradga hujum boshladi.

Mateya 20 yoshini bombapanohda nishonladi. Barcha yoshlar kabi uning uchun ham avvalgi normal hayot nihoyasiga etganday tuyulardi. Ammo bizning qahramonimiz tengdoshlari bilan ko'chada to'p tepishda davom etdi, zero faqat futbolgina  maqolamiz qahramoniga urush dahshatlarini bir zumgina bo'lsada unutishiga yordam berardi. SHu tariqa u maydonda borini berib o'ynashni o'rgandi. Partizan­dagi dastlabki mavsumda 33 bahsda maydonga tushib, 23 bor raqiblar darvozasini aniq nishonga oldi.

Kelgusi mavsumda Kejman jamoasining asosiy bombardiriga aylandi. Uning hisobida 41 uchrashuvda kiritgan 35ta gol bor edi. Stadionga kelgan fanatlar Mateyaning maydondagi har bir harakatini olqishlashdan charchashmasdi. U futbol bilan yashaydigan odamga aylangandi.

***

Yugoslaviya termasidagi debyut 2000 yilning martida - Xitoy termasiga qarshi o'rtoqlik bahsiga to'g'ri keldi. Uning jamoasi Evro-2000 chiptasini qo'lga kiritdi, biroq Kejman Norvegiyaga qarshi o'yinda maydondan chiqarib yuborildi.

2000 yil iyulida PSV futbolchi bilan 8.000.000 evroga shartnoma imzoladi. Ammo karerada oldinga tashlangan yana bir qadam yana bitta ko'ngilsizlik bilan yodda qoldi: transfer to'lovi sobiq Yugoslaviyaga qo'llanilgan sankciyalar bois nihoyasiga etmadi, shartnomada ko'rsatilgan Partizan stadioniga o'rnatilishi lozim bo'lgan yangi yoritish tizimi ham faqat qog'ozdagina qoldi. Biroq Kejman baribir Eynd­xovenda paydo bo'ldi va muxlislarning yoqimtoyiga aylandi.

***



Gollandiyadagi debyut mavsumida Kejman 49 o'yinda 31ta gol kiritdi. Malum muddat hatto Ruud van Nistelroy bilan juftlikda ham o'ynadi, keyinroq esa uni Manchester Yunayted o'z safiga qo'shib oldi. 2001 yil PSV uchun omadli keldi. Klub  Kejman, Bommel, Fogel va Rommedal ko'magida qiyinchiliklarsiz mamlakat chempioniga aylandi. UEFA kubogi chorak finaligacha etib bordi.

Keyingi mavsumda Ronald Kuman Ayaksga yangi hayot bahshida etganidan so'ng PSVdagi o'sish to'xtab qolganday tuyuldi. Kejman kamroq gol ura boshladi, ammo, baribir, 41 o'yinda raqiblarini 20 bor ranjitishning uddasidan chiqdi. Raqib murabbiylari serb qanday to'p surishini o'rganib chiqishgan va bunga qarshi choralar ko'rishni uddalashayotgandi. To'g'ri, Kejman to'p kiritishda davom etdi, lekin UEFA kubogida principial raqibi Feyenoordni mag'lub etishni uddalayolmadi.

Gerets klubni tashlab ketgach, 2002 yilda boshqaruvni Gus Xiddink o'z qo'liga oldi. qaytadan kuchga to'lgan PSV Ayaksni oltin uchun kurashda ortda qoldirishga erishdi, Kejman kiritayotgan gollarning qadri yanada ko'payib boraverdi - barcha 40tasining ham. Vinger Aren Robbenning kelishi uning qanot yozishiga xizmat qildi: Betman va Robben duetining har bir golidan so'ng stadionda sevimli serialdagi mashhur qo'shiq yangrardi. Yil oxirida Kejman Gollandiyaning yil futbolchisi deb tan olindi, bu esa dunyo skautlari etiborini unga qaratdi.

2003 yil fevralida Kejman Serbiya va CHernogoriya termasini Evro-2004 saralashidagi sharmandali ishtirokdan so'ng vaqtincha tashlab ketdi. Yangi murabbiy tayinlangach esa u yana bosh jamoaga qaytdi.

Kelgusi mavsumda futbolchi yana bir bor (3-marta) golland oltin butsasini yutib oldi - 31 gol bilan. Grandlar Mateya Kejman uchun astoydil kurashga kirishdilar, ammo CHelsi ularning barchasini dog'da qoldirdi - jamoa Robben-Kejman duetiga ega bo'ldi.

Kejmanning golland chempionatidagi 176 uchrashuvda kiritgan 129ta goli uni mahalliy fanatlar orasida hali-hanuz afsona sifatida qabul qilinishiga sababdir.

***

Barcha buyuk futbolchilar singari Kejmanga ham to'p qaerdaligini bilish uchun ko'zning hojati yo'q edi. Uning zahirasi turli fint va tryuklarga boy bo'lib, u harakatdan, o'ylashdan to'xtamasdi. To'pni o'zida uzoq vaqt saqlab turishni uddalar, ajo­yib o'yin ko'rsatardi. Bir qarashda bunday futbolchini hech narsa to'xtatolmaydigandek. Bu uning CHelsi safida maydonga tushguniga qadar davom etishini va Kejmanda nimadir sinishini o'shanda hech kim tasavvuriga ham sig'dirolmasdi.

***

Angliyada Mateya darhol og'ir bosim ostida qoldi. Londonda unga 9-raqamli futbolka berishdi va bu raqam ostida ungacha Jimmi Floyd Xasselbaynk o'ynagandi. SHu tariqa, serb mashhur klubning yaqin o'tmishdagi bundan-da buyuk futbolchilari soyasi ostida maydonga tushishga majbur bo'ldi. Oldiga esa nafaqat buyuk futbolchi, balki, muxlislar suyuklisini ham almashtirish vazifasi qo'yilgandi.

Birinchi gol esa hadeganda kiritilmasdi. Oradan haftalar, oylar o'tdi... Stress hamon davom etar, ilgarilari o'ta murakkab vaziyatlardan darvozaga yo'l topa bilgan Kejmanning quruq seriyalari tugay demasdi. Va, nihoyat, 2004 yilning oktyabrida liga kubogi doirasida Vest Xemga qarshi uchrashuvda CHelsidagi ilk golini urdi. APLda esa bundayin daqiqalar dekabrgacha kuttirdi, o'sha o'yinda CHelsi shundoq ham 3:0 hisobida oldinda borayotgandi.

Navbatdagi gol martda kiritildi, ammo bu safargisi anchayin muhim o'yinda. Ammo bu to'p ham taniqli serb 41 uchrashuvda raqiblar darvozasini bor-yo'g'i 7 bor zabt etishday kichik natija qayd etgani faktini yo'qqa chiqarolmadi. Jamoa hayratlanarli natijalarni qayd etib, 1955 yildan keyin birinchi marta chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsa-da, muxlislar Kejmanning harakatlaridan norozi edilar. Futbolchini ham maydonda mutlaqo tanib bo'lmay qolgandi.

Liga kubogi doirasida Liverpul­ga qarshi o'yinda u yana bitta o'ta muhim golni hisobiga yozib qo'ydi, biroq undan yanada ko'prog'ini kutishgandi. Yo'q, barcha Mateyani hamon sevar, hurmat qilardi, biroq Kejman tismolida Eyndxoven va Belgraddan yangi dahoni kutishgani ham bor gap edi-da. qishga borib Kejman zahiralar o'rindig'ining qimmatli mehmoniga aylandi. Endi uning ortidan shon-shuhrat emas, hakamlar tomonidan ko'rsatilgan son-sanoqsiq kartochkalar quvardi, xolos.

Barcha muammolarga qaramay, Mateya Angliyadagi hayot timsolidan lazzatlanishda davom etardi. Unda yangi jamoaga moslashishda muammolar bo'lmagan, klubni esa karerasidagi eng yuqori cho'qqi deb bilardi. Ammo maydonda hali-hamon o'z o'yinini topolmas, serharakat Betmen o'rnini oddiygina harakatlarni ham uddalolmaydigan futbolchi egallagandi. Nega bunday bo'ldi? degan savol esa hanuz o'z javobini topa olgani yo'q!

- Kejman PSVda ajoyib harakat qildi. Gol ketidan gollar urdi. CHelsida esa hammasi boshqacha edi. Ushbu jamoaning boshqa hujumchilari ham bo'lib, ular orasida etakchi bo'lish qiyin edi. Buning ustiga, Kejmanni tez-tez noto'g'ri poziciyaga qo'yishardi, to'g'ri, u hujumchi edi, ammo o'ziga imkoniyatni o'zi yaratishni yoqtirmasdi, - deb hisoblaydi Serbian Footydan Milosh Dushanovich. Balki, Kejmanning omadsizligini ligalar o'rtasidagi darajadagi farq bilan izohlasak to'g'ridir. APLda tezkor, qattiq futbol o'ynashadi, ammo Mateya golland ligasida boshqalardan aynan shu jihatlari bilan ustunlik qilardi-ku. Mourinyu rahbarligi ostida u o'zini topa olmadi, bu holat qanchalik uzoq davom etgan bo'lsa, o'ziga bo'lgan ishonchi shunchalik pasayib ketdi.

CHelsida Kejman o'z-o'zining soya­siga aylandi. U hech qachon elegant futbolchi bo'lmagandi, ammo o'ziga bo'lgan ishonch hissi barcha muammolarni  ortda qoldirishiga ko'maklashardi. Stemford Bridjda u Roman Abramovich tomonidan yaratilgan futbol galaktikasining bir yulduzi bo'ldi, xolos. Dide Drogba, Eydur Gudonson, Damen Daff, Djo Koul va Robben - ularning barchasi oldinda o'ynashardi, Kejman esa bu joyni doimo o'ziniki deb bilardi.

Ha, Kejman yangi joyga, u erdagi tartib-qoidalarga moslasha olmagani tufayli omadsizlikka yuz tutdi. Buyuk futbolchilar esa hamma joyda birday alo darajada o'ynashlari lozim. Kejman esa buni uddalolmadi va oddiy inson sifatida katta futboldagi bosimni engolmadi. Bu - fakt.

***

O'sha mavsumdan so'ng Kejmanni Madridning Atletikosiga yuborishdi. Bu erda esa u tizzasidan jarohat oldi va uzoq davolandi. SHu bilan uning muammolari soni yana bittaga - bu safar, salomatlik bilan bog'liq - ko'paydi.

Xalqaro darajadagi o'yinda Kejman tomonidan urilgan gol Serbiya va CHernogoriyaga JCH-2006da joyni naqd qildi. Mazkur tarixiy to'p aynan uydagi bahsda urilgani futbolchining obro'sini anchagina ko'tardi ham. Ammo bu uning terma safidagi so'nggi yulduzli onlari bo'ldi: Argentinaga qarshi o'yinda olingan qizil kartochkadan keyin u termaga boshqa chaqirilmadi.

2006 yil yozida Kejman Turkiyaning Fenerbaxche klubiga o'tishga rozi bo'ldi. 19 uchrashuvda 11 ta gol urdi ham. Ammo uning harakatlarida ilgarigi yorqinlik yo'q edi. Fanatlar uni mehnatkashligi uchun hurmatlashar, Kejmar esa jamoaning chempionlikni qo'lga kiritishida yordamini ayamasdi. Turklar CHLda chorak finalga qadar etib borishdi. 2008 yili esa serbni PSJga ijaraga berib yuborishdi.

Franciyada Kejmanning karerasi nihoyasiga etdi. Fanatlar uni qabul qilishmadi, bosim esa o'ynab ketishiga to'sqinlik qildi. Mateyaning fanatlar bilan munosabati o'ta sovuq tus olgach, PSJ uni 2 haftaga o'yindan chetlatdi, qaytish esa yana fanatlarning hushtaklari ostida kechdi. SHundan so'ng Zenit­ga surgun va 2010 yilda shartnomaning bekor qilinishi. 2011 yilda 33 yoshli futbolchi o'z karerasiga nuqta qo'yishga majbur bo'ldi.

***

Muvaffaqiyatsizlikka qaramay, Mateya hamon futbolni sevadi. Hozir u 37da, Serbiyada agent sifatida faoliyat ko'rsatmoqda. SHuningdek, malum muddat mamlakat yoshlariga murabbiylik ham qildi. Ammo uning karerasi hali-hamon kishini o'ylashda davom ettiradi - murakkab start va umumxalq muhabbati, kutilmagan omad va omadsizlik. Balki uni chindan ham o'ta omadsiz sifatida yodda saqlab qolishar, ammo Mateya Kejmanning hayotida ko'pchilikka xursandchilik hadya etgan golli lahzalar anchayin ko'proq bo'lganini ham esdan chiqarmaslik kerak.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика