So’nggi yangiliklar

09:50"Бетис"да ажойиб ўйин кўрсатаётган Антони фаолиятини АПЛнинг ТОП клубида давом эттириши мумкин  0 09:17ПСЖ "Реал" футболчисига ажойиб таклиф билан чиқди  0 08:45"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси фаолиятини Саудияда давом эттириши мумкин  2 08:13Sofascore. Алиқулов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:40Суперлига. Бугун 8-тур якунланади  2 07:00Суперлига. ОКМК 10 киши бўлиб камбек қилди, "Машъал" сўнгги дақиқаларда ғалаба қозонди, "Пахтакор" эса сафарда ютқазди  15 06:30АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Борнмут"га мағлуб бўлди  3 02:53Элит ОЧЛ. Энг яхшилар аниқланди  7 02:44"Машъал" "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 02:37Ла Лига. "Барселона" камбэк эвазига меҳмонда "Вальядолид"ни таслим этди  125 02:31Бундеслига. "Боруссия" ўз уйида "Вольфсбург"ни йирик ҳисобда таслим этди  0 02:00А Серия. "Наполи" ва "Интер" рақибларини минимал ҳисобда мағлуб этди  1 00:49Февзи Давлетов: "Пахтакор" биз кутгандай ўйнади, барча режаларимиз иш берди"  5 23:41РПЛ. "Рубин" меҳмонда "Краснодар"га мағлуб бўлди, Ашурматов захирада қолдирилди  1 23:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" финалда "Кавасаки Фронтале"ни мағлуб этиб, чемпионликка эришди!  23

Matbuot xizmati va jurnalistika Yangiliklar

Matbuot xizmati va jurnalistika

Jurnalistika va matbuot xizmatini (yoki jamoatchilik bilan aloqalar) tanganing ikki tomoni.

Birinchisi, yani jurnalist, o'zi istagan yangiliklarni sug'urib olishni istasa, ikkinchi tomon, yani matbuot xizmati, uydagi gapning ko'chaga chiqib ketmasligi uchun ishlaydi. Farqi katta, lekin bir-biri bilan chambarchas bog'liq.

Matbuot xizmatining vazifasi nimalardan iborat ekanligini oddiy futbol muxlisi bilmaydi. Buni esa bazi obro'parvar jurnalistlar suistemol qilishadi. Balki, o'zlari bilmagan holatdadir, bilolmadim. O'zi qilishi kerak bo'lgan ishni boshqalardan talab qilishi va shu kabi boshqa ishbilmasliklardan jurnalistika jabr ko'ryaptiki, “jurnalist bo'lish uchun diplom shart emas” degan noto'g'ri tendenciya shakllanib bo'ldi, allaqachon.

O'rmonlar yana ko'payishni boshlagan vaqtdagi jurnalistika

Elektron OAV rivojlanib ketdi. Axborot olish va tarqatishning eng tez, oson va (bugungi kunda muhim bo'lgan) arzon yo'li ham shu. Odamlar gazeta o'qimay qo'ydi. Aslida ertalab ostonaga irg'itib ketilgan yoki ko'cha eshigi ruchkasiga ilib ketilgan kundalik gazetalardan yaxshisi yo'q, lekin bugungi kunda kundalik gazeta chiqarish uchun faqat yaxshi ishlashning o'zi etarli emas. Buning uchun kamida yomon ishlayotgan elektron nashrlar raqobatini engib o'tish kerak. Fotoalbomlarning bir asrgina yashagani, kitobning qog'ozdan planshetga ko'chayotgani kabi gazetalar ham qog'ozlardan voz kechayapti. Dunyoning eng mashhur nashrlaridan biri “Newsweek” ham 79 yil o'tib, elektronlashtirildi. Planshetlar zamonida hech kim jurnalni sotib olmay qo'ydi. Elektron obunaga talab oshdi.

Yaqinda qo'limga “O'zbekiston futboli”ning 1996 yilgi soni tushib qoldi. Adadi 15,000 dan ko'p bo'lgan gazetaning ichi uning hozirgisidan deyarli farq qilmaydi. Hozirgisida hatto ustun taraflari ham bor. Adadi nari borsa 3,000 ta. Zero, O'zbekistonda ham kun sayin ko'payib borayotgan futbol veb-caytlariga bo'lgan qiziqish kuchayib ketdi. Yangi davrga qadam tashlayapmiz.

Kelajakni o'zimcha tasavvur qilib o'tirib o'ylab qolaman. Texnologiya insoniyatning hayotini osonlashtirish uchun shunday maftunkorlik bilan o'sib borayaptiki, o'lging kelmaydi insonning. Axborotga ehtiyoji bor fuqaroga bugun smartfon yoki planshetning o'zi ham etarli. Social media paydo bo'ldi. Bugungi kunda katta kuch. Bizda ham social mediaga oson o'rganishdi. Gazeta o'qish tugul, hatto televizor ko'rmaydiganlar ko'payib borayapti.

SHoirlik - jurnalistika emas

Bizda, avvaldan, ko'pchilik gapga chechan, so'z ustasi bo'lganlarni va aksariyat hollarda shoirtabiatlarni jurnalistikaga uquvi bor deb hisoblaydi. Umuman, jurnalistikaga adabiyotning bir qismi sifatida qaralishiga va unga shunday munosabatda bo'linishiga qarshiman. Juda taqqoslashni yaxshi ko'radiganlarga jurnalist so'z ustasi bo'lishdan ko'ra ko'proq tergovchi yoki izquvar (detektiv) tipidagi odam deyish mumkin bo'lsa kerak. Menimcha, jurnalist izquvar yoki o'sha taqqoslanayotgan tergovchidan ham kuchli bo'lishi kerak. Unda jamoatchilikka o'lgudek qiziq, hatto o'zi yaxshi bilmaydigan tugunni echish qobiliyati bo'lmasa matndan nariga o'tolmaydi. Diplom uchun o'qilgan kitoblarning kuchi mana shu erda bilinadi.

Matbuot xizmati va jurnalistika

Urg'ulayman, matbuot xizmati axborot agentligi emas. Matbuot xizmati, ayrim hollarda esa, jamoatchilik bilan aloqalar xizmati tashkilot yoki kompaniya nomidan gapiradi. U omma istagan xabarni emas, omma eshitishi kerak bo'lgan xabarnigina beradi. O'zi xizmat qilayotgan tashkilot haqidagi axborot vakuumiga yo'l qo'ymaydi. Demak, istemolchi yangilikni matbuot xizmatidan emas, yangiliklar jurnalistikasidan qidirishi kerak.

Matbuot xizmati va jurnalistika muhokamasini jurnalistikadan boshladik.

Hayot antonim tushunchalar bilan to'la va qiziq. Kunga tun, oqqa qora, olamanga qarshi bermaymanlar bor. Jurnalistika “olaman”lar qatoriga kirsa, matbuot xizmati “bermayman”lar toifasidan.

Jurnalistikada ishlayotganlarning asosiy maqsadi auditoriyani jamiyat hayoti uchun ehtiyojli bo'lgan to'g'ri, aniq va ishonchli axborot bilan taminlashdan iborat. Mavzuimizning qizil ipi bo'lgan nyusmeykerlik, yani, yangiliklar jurnalistikasi bugun keng tarqalgan kasblardan biridir.

Nyusmeyker o'zbekcha qilib aytganda, yangiliktopar jurnalist degani. Faqat yangilik topishning o'zi kifoya emas. U aynan auditoriya kutayotgan xabarni topa olishi va vaqt, mavzu, hudud nuqtai nazaridan saralagan holda ommaga etkazishi ishning boshi hisoblanadi. Bugungi kun yangiliklar jurnalistikasiga “nyuspeg” tushunchasi kirib kelgan. Maqoladan deyarli farq qilmaydigan ushbu material ham nyusmeykerlikka dahldor. Unda o'quvchini tortadigan darajadagi (vaqtida va o'rnida yozilgan) mavzu birinchi planga chiqadi. Masalan, bugun futbol o'yini. Hamma stadionga borishni hoxlaydi. Lekin, chiptalar chayqovchilar qo'lida qimmatlashib ketgan. Bu muammo haqida yilning har qanday oyidan ko'ra, o'yin kuni yozish aynan nyuspegga xos.

Xo'p, yangilik va axborotni turli ko'rinishda ommaga taqdim etish jurnalist zimmasida ekan, matbuot xizmati (shuningdek, jamoatchilik bilan aloqalar, yani piar xizmati) nima qiladi degan savol tug'iladi. Matbuot xizmati odamlarning muayyan bir tashkilot haqidagi fikriga ijobiy tasir o'tkazish va uni piar qilish, shuningdek, tashkilot imidjini himoya qilishdan iboratdir. Bu biznes faoliyatda, ayniqsa, o'ta kerakli struktura. Jumladan, futbolda ham. Faqat buni biladigan va his qiladigan rahbarlar kerak futbol klublariga.

Matbuot xizmati odamlar uchun ishlamaydi, aksincha, jurnalistlarni odamlar uchun ishlatadi. Press-reliz, matn, audio yoki video materiallar berib, jurnalistlarga tashkilot haqida maqola yozish yoki xabar berishga undaydi. OAV vakillari bilan aloqani telefon, sms xizmatlari, muloqot tarmoqlari, shu bilan birga ish joylariga borib yoki ularni taklif qilgan holda matbuot anjumani o'tkazadi. Tashkilot va jurnalistlar o'rtasidagi aloqani oshkoralik asosida rivojlantiradi.

Matbuot xizmati, shuningdek, rasmiy saytda press-reliz yoki uning shaklidagi xabar va yangilik chop etish, ularni faks yoki elektron pochta manziliga jo'natish, bugungi kunda samarali hisoblangan feysbuk, tvitter kabi muloqot tarmoqlariga joylashtiradi. Zarur vaqtda mansabdor shaxslarning iqtiboslari orqali orqali tashkilotning imidjini yaxshilaydi. Hammaga birdek yoqish imkonsiz, albatta, shunga qaramay, asossiz ravishda rivojlangan yoki qasddan tarqatilgan yolg'on axborotlardan tashkilot obro'sini himoya qilish ham matbuot xizmatining vazifasi.

Matbuot xizmati tashkilot imidjini buzadigan inqirozli davrni boshqara bilishi kerak. Bu qandaydir norasmiy xabar yoki ayblov chiqsa hammasiga javob yoki raddiya yozish degani emas. O'rnida ishlatilgan sukunat ham javob o'rnini o'taydi.

Matbuot xizmati muayyan bir xodim yoki xizmatchi emas, butun boshli tashkilotning obro'si uchun javobgar. Buning uchun tashkilotning ijobiy imidji haqida yozish bilan shug'ullanadigan matbuot xizmati bilan birga ishlaydigan jurnalistlar yordamga keladi.

Bularni esa, rahbarning qo'llab-quvvatlashisiz amalga oshirishning ilojisi yo'q. Matbuot xizmatining takliflari rahbariyat tomonidan katta qiziqish bilan rivojlantirilishi ham muhim ahamiyatga ega. Yaxshi mutaxassis g'oya va rejalar bilan rahbar oldidan “hozir emas, keyin” bilan qaytib chiqsa, bu eng ko'p tashkilotning zarariga ishlaydi. Xalq tashkilotni aynan jurnalistlar orqali taniganlini uchun ham bugun OAV bilan do'st tutinish kerak.

Press-konferenciyalar ham matbuot xizmatining ishi bo'lib, uning tashkilot manfaatlari asosida o'tishini nazorat qiladi. Deylik, futbol uchrashuvida hakam ko'p xushtak chalaverib, etiborni tortdi va o'yinda eng ko'p esda qolgan uning qarorlari bo'ldi. O'yindan keyin matbuot anjumaniga bosh murabbiy kirib keldi. SHu paytda matbuot xizmati vaziyatni nazoratga olishi kerak. CHunki, u dardi birlarning ichida qolib ketgan. Jurnalist maqolasini qizitish uchun hakamlar haqidagi savolni beraman deb tursa, hissiyotlarini jilovlay olmayotgan murabbiy “qaniydi hakamlar haqida savol bo'lsa-yu, boplab edirsam” deb kutib turgan bo'ladi. Axir, bosh murabbiy ham ertaga u emas, o'yin bosh hakami gazetalarning mavzusi bo'lishidan manfaatdor emasmi?

Mana shunday vaqtda matbuot xizmati xodimi mohirlik bilan matbuot anjumanini boshqarishi talab etiladi. Yo'lini qilib, matbuot anjumani boshlanishidan oldinmi, ishqilib, bosh murabbiyga hakamlar haqidagi savolga javob berishdan tiyilishi kerakligini aytadi. Bosh murabbiy ham professional bo'lsa, uning gaplariga quloq soladi, chunki, bu erda matbuot kotibi “bosh murabbiy”, bosh murabbiy emas. Agar jurnalist hakam haqidagi provokacion savolini bergan taqdirda ham, matbuot xizmati xodimi matbuot anjumanining boshlovchisi huquqidan foydalangan holda hakamlar haqidagi savollarga javob berilmasligini alohida urg'ulab, keyingi savolga o'tishi kerak. SHunda hammasi silliq kechib, aql hissiyotlardan ustun keladi. Bosh murabbiyga ham, u ishlayotgan klub yoki jamoaga ham bosh og'rig'i bo'lmaydi. Bejizga Mourinyu “15 daqiqa matbuot anjumanida o'tirgandan ko'ra, 45 daqiqa to'p tepish osonroq” demagan.

Kimdan nima talab qilishni biling

O'quvchilar, odatda, qandaydir axborotning yo'qligi uchun matbuot xizmatini ayblashadi. Bizda, shuningdek, jurnalistlar ham shunday qilishganining guvohi bo'lganman. O'zbekiston terma jamoalari chetga chiqsa, matbuot kotibi nega yozmaydi, nima qilib yuripti degan etirozlar bo'ldi. Matbuot kotibi siz sotib foyda qiladigan yoki reklama qo'yib daromad qiladigan nashringiz uchun maqola yozish, yoki fotosurat yuborish uchun safarga bormaydi. Uning FIFA yoki OFK reglamenti asosida o'z majburiyatlari bor va bu haqda biz yuqorida aytib o'tdik. Terma jamoa matbuot kotibi odamlarning ko'ziga ko'rinmaydigan ishlar bilan mashg'ul bo'ladi. Masalan, matbuot anjumaniga bosh murabbiy va futbolchining o'z vaqtida kelishi, musobaqa davrida jamoa vakillari, bosh murabbiy va futbolchilar bilan intervyu, suhbat va uchrashuvlarni tashkil qilish, jamoaning stadionga kelish va ketishda mikst-zona orqali yurishi va ularning OAV bilan munosabatga kirishuvi, safardagi jurnalistlarning akkreditaciya olishi bilan bog'liq turli tashkiliy masalalar uchun masul sanaladi. Terma jamoaning hayoti, mashg'ulotlar va boshqa mavzularda esa jurnalistlar yozadi. Matbuot kotibi ularning yozishi uchun sharoit yaratib beradi.

Bazan tvitterda ham menga nega falonchini tanqid qilmaysizlar degan oddiy ishqibozlar bo'ladi. Bu murojaat matbuot xizmati emas, jurnalistlarga deb javob beraman. Zero, matbuot xizmati tashkilotga, jurnalist esa xalqqa xizmat qiladi.

Modomiki, siz istagan axborot chiqmayotgan ekan, bu matbuot xizmatining yaxshi ishlayotganidan bo'lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, yangilik yo'qmi, demak, jurnalistlar yaxshi ishlashmayapti.

Sanjar Rizaev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика