Massimiliano Allegri: "Yuventus" ketma-ket sakkizinchi g'alabani nishonladi va chempionlik poygasiga qo'shildi"
07 jan 2016 12:51
Yangiliklar
Massimiliano Allegri: "Yuventus" ketma-ket sakkizinchi g'alabani nishonladi va chempionlik poygasiga qo'shildi"
"Futbolchilar bugun o'zlarini juda yaxshi taraflama ko'rsata olishdi. Bayramdan so'ng tezda chempionatga diqqatlarini qarata olishdi va raqibga o'ynashga deyarli imkon berishmadi. "Verona" faqatgina bir marotaba xavfli vaziyat yarata oldi. Aynan o'sha vaziyatda Buffon ajoyib seyvi orqali bizni goldan qutqarib qoldi. Biz nihoyat chempionlik poygasiga qaytdik. Bu juda muhim. Ketma-ket qo'lga kiritilgan sakkiz g'alaba jamoaga yaxshi tasir qiladi. Biz yanada kuchliroq jamoaga aylandik. O'yinimizda shakllanish kuzatildi. Kerakli va muhim ochkolarni to'plashni davom ettirishimiz lozim. Oxirgi olti turga kelib turnir jadvalida yaxshi pog'onada bo'lishimiz zarur. Dzadza "Yuventus" libosida yaxshi o'ynashda davom etmoqda. Uning statistikasi qoniqarli. Morata hozirgi holatidan ranjiganmi? Buning uchun unda asos yo'q. Har mavsumda kimdadir pasayish va yuqorilash kuzatiladi. Bu normal holat. Morata jamoa uchush ishlamoqda", - deydi Allegri.
Fikrlar