So’nggi yangiliklar

02:53Элит ОЧЛ. Энг яхшилар аниқланди  0 02:44"Машъал" "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:37Ла Лига. "Барселона" камбэк эвазига меҳмонда "Вальядолид"ни таслим этди  118 02:31Бундеслига. "Боруссия" ўз уйида "Вольфсбург"ни йирик ҳисобда таслим этди  0 02:00А Серия. "Наполи" ва "Интер" рақибларини минимал ҳисобда мағлуб этди  1 00:49Февзи Давлетов: "Пахтакор" биз кутгандай ўйнади, барча режаларимиз иш берди"  1 23:41РПЛ. "Рубин" меҳмонда "Краснодар"га мағлуб бўлди, Ашурматов захирада қолдирилди  1 23:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" финалда "Кавасаки Фронтале"ни мағлуб этиб, чемпионликка эришди!  20 23:09Туркия Суперлигаси. "Галатасарой" "Сивасспор"га қарши ўйинни биринчи бўлимдаёқ ҳал қилди, Турғунбоев захирада қолдирилди  1 23:05Педру Морейра: "Ўзбекистон чемпионати осон эмас. Йигитларим бугунга ўйинда охиригача ҳаракат қилиб, характер кўрсатишди"  18 22:52Миржалол Қосимов: "Яратганга шукр, бизни ҳаракатимизга яраша мукофотлади"  11 22:41Александр Хомяков: "Ҳафсалам пир бўлди"  47 22:38ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда "Араз" билан дуранг ўйнади, Раҳмоналиев биринчи бўлимнинг ўзида захирада майдонга тушди ва сариқ карточка олди  0 22:34Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Страсбур"га мағлуб бўлди  5 22:23Асрор Алиқулов: "Бухоро" ўз услубини ўзгартиргани йўқ. Биз эса қийин ғалабага эришдик"  7

Mashg'ulotlardan keyin ko'chada tunagan va ota-onasi sababli futbolni tashlagan o'yinchi taqdiri Yangiliklar

Mashg'ulotlardan keyin ko'chada tunagan va ota-onasi sababli futbolni tashlagan o'yinchi taqdiri

CHukvueze - "Bavariya" - "Vilyarreal" bahsidagi asosiy qahramon!

Sem CHukvueze qisqa vaqt ichida "Bavariya" - "Vilyarreal" bahsining taqdirini o'zgartirib yubordi. "Bavariya" 1:0 hisobida g'alaba qozonayotgan edi, uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida, nigeriyalik maydonga tushirildi. U Alfonso Devisdan o'zib ketib, gol urishga muvaffaq bo'ldi va jamoasini CHempionlar Ligasi yarim finaliga olib chiqdi.

"Vilyarreal" oxirgi bor ECHL yarim finalida ishtirok etganida, Samuel CHukvueze 6 yoshda edi. Sem u paytlar hali futbol o'ynamasdi va umuman maydonga tushmasligi ham kerak edi. Ota-onasi uning kelajagiga nafaqat shubha bilan qaragan, balki unga cheklovlar qo'yishga ham urinishgan: avvaliga yaxshi o'qishing lozim deb uqtirishgan, ammo bu kutilgan natija bo'lmagach, futbol o'ynashni ham taqiqlab qo'yishgan.

"Onam uyda qolish va o'qishga majbur qilardi, — deydi futbolchi Goal.com nashriga bergan intervyusida.— Maktabdagi baholarim yomon emasdi, biroq futbolga juda bog'lanib qolgandim. Mashg'ulotlar kechki payt bo'lardi. Agar kech qaytsam, meni jazolashar edi. SHunga qaramay, qochib ketardim. Uyga qaytganimda, endi ko'chada uxlaysan deb, onam uyga kiritmagan kunlar ham bo'lgan".

Ammo bu baribir ish bermadi. SHu sababli, Samuelning tog'asi jiyanining botinkasi va mashg'ulot formasini yoqib yuboradi.

CHukvueze biroz muddatga futbolni tashlaydi. Tog'asining tajovuzkorligiga yana yo'liqishni istamadi. Do'stlari uning karerasini saqlab qolishdi. Bir kuni tongda bolalar eshikni taqillatib, uni ham ko'rikka chaqirishdi. Nigeriyaga skautlar kelgan va iqtidorli o'yinchilarni Portugaliyadagi turnirga olib ketishga tayyor turishgandi.

CHukvuezening futbolga intilishi qonda bor ekan. Yani, aytishlaricha, Semning bobosi futbolchi bo'lgan va chap oyoqda yaxshi zarba bera olgan. Yigitcha ham doim chap oyoqda raqiblariga qarshi chiqar, shuning uchun, bundan hayratlangan do'stlari u harakat qilib ko'rishi kerak degan fikrda bo'lishgan.

"Do'stlarimga bu menga qiziq emas deb aytdim, — yodga oladi "Vilyarreal" futbolchisi. — CHunki ota-onam ketishga ruxsat bermasligini bilardim. Ammo o'rtog'im bo'sh kelmadi va ertaga tongda sen bilan ko'rikka boraman dedi. Foydasi yo'qligini aytsam ham, ertasi kuni soat 6:00 da eshigim yonida turardi..."

Samuelning onasi eshikni ochadi. U Portugaliyadagi turnir haqida eshitib, o'g'lini uyg'otadi. Sem bu tush emasligiga ishona olmasdi. Onasi shu kungacha futbol o'ynashiga qarshilik qilgan bo'lsa, hozir o'g'lini o'zi uyg'otyapti! CHukvueze esa o'ylab ham o'tirmay, kecha do'stiga aytgan so'zlarini takrorladi, biroq javoban shunday qichqiriqni eshitdi: "Botinkangni olib, tez jo'na!". Keyinchalik onasi buni shunday tushuntirdi: "Ichki ovozim sen o'g'lingga futbol o'ynashiga ruxsat berishing kerak dedi".

Bolakay o'zida yo'q xursand edi. Endi sevimli ishini bajarishi uchun berkinishiga hojat yo'q — futbol o'ynashiga ruxsat berildi. Ammo sarguzashtlari tugamadi. Semning do'sti adashgan edi. Bu hech qanday Portugaliyadagi turnir emas, balki mahalliy "Diamond Football Academy" uchun tanlov ekan. Yigitlar ko'rikka kelishdi, lekin Sem ichkariga kiritilmadi. Murabbiy: "Avvalroq yozdirib qo'yish kerak edi", — dedi.

"Ko'chada turib, do'stimning chiqishini kutdim, — xotirlaydi CHukvueze Goal.com nashriga bergan intervyusida. — Lekin meni ko'rgan akademiya menejeri murabbiydan menga imkon berishi va bir sinovdan o'tkazishini iltimos qildi".

Nigeriyalik murabbiy unga ishonch bildirishi uchun bir necha daqiqa kifoya qildi.


Evropaning eng yaxshi klublari CHukvuezeni sotib olmoqchiligiga qaramay, u "Vilyarreal"ni tanladi

CHukvueze qisqa vaqtda akademiyaning eng yaxshi to'purariga aylandi va Portugaliyadagi o'sha turnirga yo'l oldi (u erda ham hammadan ko'p gol urdi).

Samuel o'smirlar jamoasida ham o'zini ko'rsata oldi. Yorqin misol — o'smirlar o'rtasigi JCH-2015. Nigeriya o'shanda oltinga ega chiqqan. Bu borada 16 yoshli Osimxen (7 o'yinda 10ta gol), CHukvueze (3+4) va Nvakali (3+1)ning hissa katta bo'lgan. O'sha turnirda boshqa jamoalar safida ekvadorlik Estupinyan (hozir "Vilyarreal" o'yinchisi) ham bor edi. O'shandan buyon Evropa top klublari nigeriyaliklar ortidan qolmay, akademiyalarga borishdi (qonunan 18 yoshdan jo'nab ketish mumkin ekan).

CHukvueze "Portu", "Sporting", PSJ va "Zalcburg" shartlari bilan tanishib chiqdi, "Arsenal" bilan muzokara olib bordi, lekin klub Nvakalini xarid qildi, Sem esa "Vilyarreal"ni tanladi.

U alohida yashadi. Odatda, "Vilyarreal" akademiyasi futbolchilari internatda yashaydi. Biroq nigeriyalik yangi turmush tarziga mustaqil ko'nikishi lozim edi. Pau Torres bilan tezda til topishib oldi. Bo'yi baland himoyachi uni mashg'ulotlarga birga olib borar, ispan tilini o'rganishida ham katta yordam berardi.

• 2018 yil kuzda Sem asosiy tarkibda debyut qildi — darhol Ispaniya Kubogida gol urdi.
• 2019 yil aprelda "Barselona"ga qarshi bahsda 1+1 qayd etdi (o'yin durang (4:4) bilan yakunlandi). Ammo Messi o'yin taqdirini o'zgartirib yuborganini o'ylab, Sem tuni bilan uxlay olmadi.
• 2019 yil kuzda "France Football" versiyasiga ko'ra, dunyoning eng yosh o'yinchilari top-5ligiga kirdi. Ular orasida Joau Feliks, Sancho, Moyze Kin va Li Kan In ("Malorka") bor edi.
• 2020 yil qishda "Real", "CHelsi" va "Liverpul" unga qiziqish bildirdi. Lekin "Vilyarreal" futbolchini sotmadi. Nigeriyalikning tovon puli — 100 mln evro.
• 2021 yil bahorda Evropa Ligasi finaliga chiqdi, ammo jarohati tufayli "MYU"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yubordi.

"Bir necha yildan keyin o'zimni kareramning eng cho'qqisida ko'ryapman", — degandi CHukvueze 2019 yil theinterview.ng nashri bilan bo'lgan suhbatda. Sem JCH-2022ga borolmadi va "Vilyarreal" tarixidagi asosiy finalni o'tkazib yubordi, ammo "Bavariya"ga qarshi bahsda ajoyib o'yin ko'rsatdi va raqib darvozasiga faoliyatidagi asosiy golni urdi. Va xursandligidan maydonda ham, kiyinish xonasida ham raqsga tushdi.

Nazarimizda, Samuelning ota-onasining tazyiq va taqiqlari sababli orzu ham qila olmagan karerasining gullagan davri kelmoqda... Axir, aniq maqsad va tinimsiz mehnat — muvaffaqiyat kaliti deb bejizga aytilmagan!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика