So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  0 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  6 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  3 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  1 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  14 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  33 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  5 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

Masharipov o'g'li bilan, zerikkan Oston, oshpaz Derdiyok va futzalchi SHorahmedov. Karantin vaqtida futbolchilarimiz nima qilishmoqda? Yangiliklar

Masharipov o'g'li bilan, zerikkan Oston, oshpaz Derdiyok va futzalchi SHorahmedov. Karantin vaqtida futbolchilarimiz nima qilishmoqda?

Koronavirus tarqagan kundan boshlab yurtimizda sport tadbirlari, Superliga bahslari, jamoalarning mashg'ulotlari vaqtincha to'xtatildi.

SHunday bo'lsada, futbolchilar ijtimoiy tarmoqlar orqali nimalar bilan band bo'lishayotgani haqida ko'rsatib borishmoqda.

“Paxtakor” futbolchilari uylarida o'zlari individual tarzda shug'ullanishmoqda. Klub ularga barcha sharoitlarni yaratib bergan. Jaloliddin Masharipov uyda shug'ullanmoqda va bo'sh vaqtida farzandi bilan futbol tomosha qilmoqda.



“Surxon” jamoasi futbolchisi Asror G'ofurov ham yakka tartibda mashqlarni bajarmoqda va oila davrasida maroqli hordiq chiqarmoqda.



“Nasaf” darvozaboni Umidjon Ergashev o'tgan mavsumda jiddiy jarohat orttirib olgandi. SHu bo'yicha hali safga qaytganicha yo'q. Iqtidorli posbon tiklanish mashqlarini davom ettirmoqda.


“Paxtakor”ning shvecariyalik futbolchisi Eren Derdiyok bo'sh vaqtini oila davrasida o'tkazmoqda. U mashg'ulotdan bo'sh vaqtida oila azolariga taom pishirib bermoqda. Buni quyidagi suratdan ham sezish qiyin emas.



Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi darvozaboni Javohir Ilyosov bo'sh vaqtini oilasi bag'rida mazmunli o'tkazishga harakat qilmoqda. U instagram sahifasiga aqlni charhlovchi mozayka yasayotgan rasmini joyladi. Iqtidorli posbon uyda mashg'ulotlarni olib bormoqda va sport formasini yo'qotmaslikka jiddiy etibor qaratmoqda.


AGMK himoyachisi Akmal SHorahmedov va farzandlari karantin tartibiga to'liq rioya qilgan holda uyda yakka tartibda jismoniy yuklamali mashg'ulotlarni bajarib, mini-futbolda o'z imkoniyatlarini chamalashmoqda.



"Ufa" yarim himoyachisi Oston O'runov esa zerikkanini ochiqchasiga yozib qoldirgan.



Agar sizda ham futbolchilarning karantin vaqtidagi rasmlari bo'lsa telegram orqali https://t.me/chamasia ga yuboring 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика