"Mashal-W" yirik hisobda g'alaba qozondi
07 sen 2015 23:55
Yangiliklar


"Mashal-W" yirik hisobda g'alaba qozondi
"Mashal-W" o'z maydonida Toshkentning "Lokomotiv" klubini qabul qildi va yirik hisobda g'alaba qozondi. Butun o'yin qizlarimiz tashabbusi bilan o'tdi. Birinchi bo'limda ikki bor
gol urildi va har ikki golga ham Maftuna Panjieva mualliflik qildi.
Aytib o'tish kerakki bu ikki gol penaltidan amalga oshirildi. Har ikki
vaziyatda ham raqib himoyachilari Sevara Normurodovaga qarshi qo'pol harakat
qildi va hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Ikkinchi bo'limda Sevara
Normurodovaning o'zi yana bir bor gol kiritib hisobni yirik ko'rinish
olishini taminladi.
Ushbu g'alabadan so'ng jamoamiz to'plagan ochkolar soni 23 taga etdi va turnir jadvalida oltinchi pog'onani saqlab qoldi.
Ayollar chempionati, 14-tur.
"Mashal-W" - "Lokomotiv-W" 3: 0
Gollar: Maftuna Panjieva ( 24 pen, 40 pen), Sevara Normurodova (65).
"Mashal-W":
33. Maftuna Jonimqulova (c), 10. Laylo SHodieva, 17. SHohida
Tojiddinova, 22. Maftuna SHoyimova, 11. Dildora Ergasheva, 6. Sevara
Normurodova, 37. Maftuna Panjieva, 27. Malika Burxonova, 18. Feruza
Boboxo'jaeva, 7. SHahnoza Qurbonova, 8. SHahnoza SHokirova.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 12. Nargiza Mahmudova, 2. Gulzoda Amirova, 29. Jasika Kruchinika, 16. Maxliyo Nazarqulova.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar