"Mashal": "Metallurg"ga qarshi uchrashuvda yo'qotishlar bor
13 avg 2015 10:43
Yangiliklar


"Mashal": "Metallurg"ga qarshi uchrashuvda yo'qotishlar bor
"Mashal" Oliy liganing navbatdagi uchrashuvini 15 avgust kuni Muborakda o'tkazadi.
"Metallurg"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda jamoamiz safida yo'qotishlar bor. SHanba kuniga belgilangan bahsda himoyachimiz G'iyosjon Komilov ogohlantirishlari soni to'rttaga etgani bois jamoamizga yordam bera olmaydi. Undan tashqari jarohati bois Ixtiyor Toshpo'latov ham maydonga tusha olmasligi malum bo'lgan. Darvozabonimiz Botir Nosirovda esa kichik jarohat bor.
Klubimiz shifokori Dilshod Ashirovni malum qilishicha jarohatdagi har ikki futbolchi umumiy guruhga qaytgan va mashg'ulotlarni boshladi. SHunga qaramay keyingi turni o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, "Mashal" - "Metallurg" bahsi 15 avgust kuni 18:30 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
20:36
Asror Aliqulov: "Kubok uchrashuviga U-21 jamoasidan ko'proq futbolchi jalb qildik. Lekin..." 0

Fikrlar