Marsyal Mourinyu bilan mojaroga borganini malum qildi: "Unda menga bo'lgan hurmat yo'q edi"
11 sen 2022 00:51
Yangiliklar
Marsyal Mourinyu bilan mojaroga borganini malum qildi: "Unda menga bo'lgan hurmat yo'q edi"
Hujumchi Antoni Marsyal "Manchester Yunayted"da sobiq bosh murabbiy Joze Mourinyu bilan raqam borasida tortishib qolganini malum qildi.
"Barchasi libos raqamidan boshlandi. Dam olish vaqtida u menga 11-raqamni olishimni so'radi, bunda Rayan Giggz kabi klub afsonasi o'ynaganini yozdi. Ammo men Giggzga hurmat saqlashimni, biroq 9-raqamda qolishimni malum qildim. Klubga qaytganimdan keyin men 11-raqamda o'ynashimni bildim. Barchasi men uchun yomon tugadi. Mourinyuda menga bo'lgan hurmat yo'q edi.
Matbuot anjumanida u men haqimda kichik ibora bilan gapirdi va "Real"da Karim Benzema bilan bo'lgan holatga qiyosladi. Unga bunday kichik o'yinlar yoqadi va kim bilan qanday gaplashishi kerakligini yaxshi biladi.
O'shanda 20 yoshda ekanligimni yaxshi bilardi. Agarda o'shanda gapirganimda meni kattaga hurmatsizlik qilgan deb hisoblashardi", - dedi hujumchi.
Fikrlar