So’nggi yangiliklar

23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  20 22:58ПСЖ ва "Тоттенхэм"нинг Европа Суперкубоги учрашуви учун таркиблари аниқ!  0 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  9 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1 22:28Мирко Йеличич: "Юрагимнинг ярми "Олимпик"да, ярми "Локомотив"да бўлди"  1 21:52Тезкор: "Галатасарой" Эдерсон билан келишувга эришди  2 21:50Турдимуродов ўйин қаҳрамонига айланган учрашувда "Бунёдкор" Термизда мағлуб бўлди  23 21:34"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  1 21:10"Ман Сити" Доннаруммани сотиб олишдан кўра Эдерсонни сақлаб қолишни афзал кўрмоқда  3 21:00Суперлига. "Хоразм" "Бухоро" билан сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди  13 19:20Про лига. "Олимпик" ўз уйида "Локомотив"га ютқазди, Анзур Исмоилов гол урди  1 18:58"Қўқон-1912" ҳужумчиси роппа-роса 1 йилдан сўнг гол урди  4 17:30"Андижон" - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  4 16:55"Қизилқум" — Акмал Рустамовга сербиялик мураббий натижасини такрорлаш учун 7 та ўйин кифоя қилди  2 16:35Про лига 12-турида ишловчи расмийлар билан танишинг  0

“Marokash ertagi”ni eslatib yubording O'zbekiston U-20 Yangiliklar

“Marokash ertagi”ni eslatib yubording O'zbekiston U-20

Xalq qalbidan joy olish baxti har kimga ham nasib etmaydi.

Yaqingacha Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi haqida hech kim bilmasdi. 

“Marokash ertagi”ni eslatib yubording O'zbekiston U-20.


Ijtimoiy tarmoqlarda, saytlarda terma haqidagi xabarlar ostidagi izohlarning deyarli barchasi ijobiy va samimiy tarzda qoldirilgan. Muxlislar, yoshu qari umuman barcha yigitlarga ajoyib g'alabalar uchun, mardona kurash uchun minnatdorchilik bildirmoqda. Terma jamoamizning o'yinlari, yiqilib qayta tura olishi va yigitlarning g'alabalarni o'ziga xos tarzda nishonlashlari menga Qatarda bo'lib o'tgan JCHdagi “Marokash ertagi”ni eslatib yubordi. Hissiyotlar ham o'xshash. Golni sajda qilish orqali nishonlash. 

Terma etakchilaridan biri Abbosbek Fayzullaevning g'alabani onasi bilan birga nishonlashi hammasi ajoyib. Darvozabonimiz Otabek Boymurodovning o'zini tutishi, doimiy tabassum bilan harakat qilishi (Yassin Bunuga o'xshatdim) qaltis, bosim kuchaygan vaziyatlarda sheriklariga xotirjamlik taqdim qilayotgani ayni haqiqat.


 Avstraliyaga qarshi o'yinda hisobda ortda borayotkanimizda ham terma azolarining ko'zlarida xotirjamlik ko'rinib turgandi. Mundial masalasi hal bo'layotgan daqiqalarda ortda borayotib gol urib keyin penaltilar ceriyasida g'alaba qozonish uchun mahoratning o'zi kamlik qiladi. Yigitlar ruhiy tomonlama ancha ulg'ayishgan, bu borada futbolchilarning oila azolariga, ota-onalariga alohida «respect».

Bugungi o'yin haqida.

Final ostonasida Janubiy Koreyada ham biznikilarda ham bosim yo'q. Asosiy vazifa uddalab bo'lingan. Koreyslarning o'yin uslubi, taxminiy o'yin kartinasi, ustun va kamchiliklar bular xususida to'xtalmayman. Biroz oldin saytimizda o'yin prevyusi taqdim etildi.

Xalq og'zaki ijodida bir ibora bor “ertaklarning yakuni yaxshilik bilan tugaydi”. Yigitlar allaqachon ertak yaratib bo'lishdi, davomini esa bugun 19:00 da «Bunyodkor» stadionida yoki Uzreport Tv orqali ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

Jaloliddin Xalilov.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика