Marchello Lippi boshchiligidagi "Gunchjou Evergrand" OCHL-2013 sohibi!
09 noy 2013 19:13
Yangiliklar

Marchello Lippi boshchiligidagi "Gunchjou Evergrand" OCHL-2013 sohibi!
Bugun 2013 yilgi Osiyo chempionlar ligasining javob finali bo'lib o'tdi.
Bir hafta muqaddam Janubiy Koreyada bo'lib o'tgan dastlabki finalda jamoalar 2:2 hisobida durang o'ynashgandi.
Hal qiluvchi javob finali esa bugun Xitoyda bo'lib o'tdi. Uchrashuvda "Guanchjou" vakili Elkeson (fotoda) 58-daqiqada hisobni ochdi - 1:0. Oradan to'rt daqiqa o'tgach mehmonlar legioneri Deyan Damyanovich muvozanatni tikladi - 1:1. Ushbu hisob o'yin oxiriga qadar saqlanib qoldi. SHu tariqa mehmonda urilgan ikkita gol evaziga "Guanchjou" Osiyo chempionlar ligasi sohibiga aylandi.
Takidlash lozimki, "Guanchjou" Xitoy klublari orasida birinchi bo'lim Osiyo chempionlar ligasida zafar quchdi. Bu klub endi dekabr oyida Marokashda tashkil etiladigan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida Osiyo qitasi sharafini himoya qiladi.
"Guanchjou Evergrand" - "Seul" 1:1
Gollar: Elkeson 58 - Damyanovich 62.
Dastlabki final: 2:2.

Fikrlar