So’nggi yangiliklar

07:44Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур давом эттирилади  0 02:02А Серия. "Болонья" ва "Лацио" кучли тўртликка кириб олиш имкониятидан фойдалана олмади  2 01:55Илёс Зейтуллаев: "Чемпионлик учун кураш ҳақида гапиришга ҳали эрта"  2 01:13Миржалол Қосимов: "Айримлар ҳали ҳамон "Насаф"га қарши ўйинда қолиб кетишгандек"  8 01:08"Барселона" яна бир турнирда чемпионга айланди. Бу сафар академия вакиллари Европада тенгсиз бўлишди  7 00:32"Свет йўқ". "Барселона" - "Интер" ўйини эртага ўтказилмаслиги мумкин  10 23:48"Ливерпуль" клуб тарихидаги энг йирик трансфер бюджетларидан бирига эга бўлади  5 23:30Суперлига. Абдухолиқовнинг голи ОКМКнинг мағлубиятсиз сериясини тўхтатди  0 23:25Ўзбекистонлик футболчи Англия клуби йиғинида иштирок этади  7 23:13Озарбайжон. Бобир Абдихолиқов гол урган ва голли узатма берган баҳсда жамоаси ғалабани қўлдан чиқарди  3 22:59"Нефтчи" афсонаси клубга қайтди  7 22:18Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  19 21:20Рэшфорд учун мавсум якунига етди  2 21:00Суперлига. ОКМК мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  23 19:49"Реал" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр  8

Maqsudov "Bunyodkor"dan faqat salbiy natija uchun ketdimi? Boshqa muammo ham bor Yangiliklar

Maqsudov "Bunyodkor"dan faqat salbiy natija uchun ketdimi? Boshqa muammo ham bor

Bugun saytimizda "Bunyodkor" jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish bo'lgani haqida malum qildik. Ushbu xabar yaqinda klub tomonidan rasman tasdiqlandi ham.

Ketma-ket uchta o'yindagi g'alabasiz seriyadan so'ng jamoa bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov vazifasidan ozod etildi. Hozirda ko'pchilik buning sababini faqat natijalarga bog'lamoqda. Lekin bu erda boshqa muammo ham bor.  

Futbol istaymizmi yoki yo'qmi muxlislar uchun o'ynaladi. Boshqacha bo'lishi ham mumkinmas. Biroq SHuhrat Maqsudovning o'tgan mavsum so'nggida va bu yil ishqibozlarga bo'lgan munosabati o'ziga nisbatan ishonch va hurmatning yo'qolishiga olib keldi. 


SHuhrat Maqsudov: "Bosh murabbiyni ishdan olish yoki tayinlash muxlislarning ishi emas"



Maqsudovdan nega istefo so'rashdi?


Hattoki, "Olimpik" bilan uchrashuvdan keyin muxlislar istefo talab qilishdi. Kecha esa "Metallurg" bilan o'yinning 75-daqiqalaridan so'ng maydonni tark etishdi. Gap natija haqida ketmayapti. CHunki bunday tarkib bilan stabillik ko'rsatish qiyin. Tushunarli holat. Gap bosh murabbiyning munosabatida. Muxlis stadionga keladi, qo'llab-quvvatlaydi, g'alaba kutadi. Boringki, mag'lubiyatli o'yinlarda norozi ohangda murabbiyga, futbolchiga ham tosh otadi. Ertaga Karpenko ham  muvaffaqiyatsizlikka uchrashni boshlasa, uni ham tanqid qilishadi.  Murabbiyning qismati shunday. Lekin u doim har qanday holatda o'z hurmatini saqlab qolishi kerak. So'nggi o'yinlardagi holatlarga etibor qaratadigan bo'lsak aftidan ichki muhitga putur etganini sezish qiyin emas.


Hozirda hamma qiyinchilik va yuk Viktor Karpenkoning zimmasiga tushadi. Uning murabbiylik salohiyatidan yaqqol xabardorman, deya olmayman. Bilganim "Bunyodkor" o'rinbosarlarini ikki mavsum boshqargan va 3-4 o'rinlar bilan cheklangan. U bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. SHunday ekan, kamida birinchi davra yakuniga qadar o'zini ko'rsatishi uchun imkon bo'ladi.  Ayni paytda asosiy qilinadigan ish futbolchilar bilan gaplashib olish va avvalgi ruhiyat, xotirjamlikni qaytarish. O'yinda ko'p narsa o'zgarmaydi, deb o'ylayman. CHunki Karpenko jamoa uchun begona shaxs hisoblanmaydi. Uning qo'l ostida tayyor jamoa va futbolchilar. Faqatgina to'g'ri ko'rsatma berib o'ynatish qoldi, xolos. Ortiqcha sarosimaga solishning hojati yo'q. Oldindagi o'yinlarda ko'ramiz va kuzatamiz. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика