Nematillo Quttiboev: "Bugungi g'alaba – qahramonlik. Yigitlar va muxlislarga rahmat"
20 avg 00:56
Yangiliklar
Nematillo Quttiboev: "Bugungi g'alaba – qahramonlik. Yigitlar va muxlislarga rahmat"
– Bugungi o'yin markaziy uchrashuv edi. Raqib birinchi o'rinda keldi. Bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi. Yigitlarga va muxlislarga rahmat aytaman. Bugungi g'alaba – qahramonlik.
– Birinchi davrada jamoa ikkinchi bo'limda charchab qolayotgandi. Ikkinchi davrada esa jamoa o'yinida sezilarli o'zgarish bo'ldi. Bunga nima sabab bo'ldi?
– Birinchi davrada bunday bo'lgani yo'q. Hozir jismoniy tarafdan jamoa juda tayyor. Pro ligada istalgan jamoaga qarshi kurash olib bora olamiz.
– "Olimpik MobiUz" haqida gapirsangiz
– Birinchi davrada ham aytdim. Pro ligadagi eng xavfli jamoa. Yosh yigitlar har o'yinda kuchayib bormoqda. Bugungi o'yinda biz barchasini nazorat qildik. G'alabamiz adolatli bo'ldi. Bizning jamoadagi asosiy maqsad har bir o'yinda g'alaba qozonishdir.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar