"Olimpik-MobiUz"ni ushlab qolishdan foyda bormi? Ertaga "Olimpik" taqdiri takrorlanmaydimi?
10 noy 14:28
Yangiliklar
"Olimpik-MobiUz"ni ushlab qolishdan foyda bormi? Ertaga "Olimpik" taqdiri takrorlanmaydimi?
Bu loyihaga katta umid bilan qaraldi: go'yo bu jamoa keyinchalik O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi uchun asosiy “rezerv baza”ga aylanadi, yoshlar klub muhitida etilib, milliy tizimga tayyor holda kirib boradi. 2028 yilgi Olimpiadaga asos bo'lib xizmat qiladi. Keyinchi?
Biroq ikki yil o'tib, vaziyat boshqacha tus olmoqda. “Olimpik-MobiUz” bu yil Pro ligada ishtirok etdi, ammo Superliga yo'llanmasiga davogar bo'la olmadi. Natija — shunchaki raqam emas, balki tizimdagi muammolarni aks ettiradigan ko'zgu. Tarkibdagi yigitlar allaqachon katta jamoalar safini to'ldiray deb turibdi.
Endi eng muhim savol tug'iladi: bu jamoani va umuman loyihani saqlab qolishdan foyda bormi?
Yoshlar loyihasi o'z missiyasini bajardimi?
“Olimpik-MobiUz” tarkibidagi futbolchilarning ko'pchiligi bugun 20 yoshda. Keyingi yilda ular 21ga to'ladi. Bu — futbolchi uchun faqat “tajriba orttirish” emas, o'zini to'liq namoyon etish, katta sahnaga chiqish yoshi.
Agar ular hanuz Pro ligada “yoshlik sababi” bilan ushlab turilaversa, bu — loyihaning mazmuni yo'qolishini anglatadi. Yoshlar jamoasi maqsadi — professional futbolga yo'l ochish bo'lishi kerak, ammo ular uchun eshik ochilmasa, tizim to'xtab qoladi degani.
Shu bois, “Olimpik Mobiuz” endi faqat vaqtincha natija uchun emas tizmli klub sifatida shakllanishi lozim. Aks holda, bu jamoa ham “Olimpik” taqdiriga uchraydi.

“Olimpik” sabog'i sovumasidan unutilmoqda
Bir necha yil avval “Olimpik” loyihasi ham xuddi shunday baland shiorlar bilan boshlangandi. U-23 terma jamoasi uchun “barqaror asos” bo'lishi kerak edi. Olimpiadadan keyin esa loyiha maqsadsiz qoldi: jamoa bugun tarqatilmoqda, futbolchilar turli klublarga tarqab ketadi, bazilari umuman ko'rinmay qolishi ham mumkin.
Keyingi yillarda “Mobiuz” ham xuddi shunday yo'lga kirib qoladigandek. Agar u faqat Olimpiadagacha yoki bir cikl uchun yaratilgan bo'lsa, demak, tarix yana takrorlanishiga aminmiz.
Futbolda loyiha bo'lgani yaxshi, faqat bu tizimli yo'lga qo'yilishi muhim. Tizim bo'lmasa, har bir “yoshlar jamoasi” bir mavsumlik tajribaga aylanib, keyin yo'qolib ketaveradi.
Kuchlilar bilan raqobat – rivoj kaliti
Har bir yosh futbolchi o'z tengqurlari bilan emas, kuchli raqiblar orasida o'sishi lozim. Chunki haqiqiy o'sish faqat raqobatda bo'ladi.
Pro ligada doimiy ravishda yoshlar o'ynayotgani yaxshi, ammo 20–21 yoshdagi o'yinchilarni “tajribasiz” deb baholash — ularni suniy to'siqqa duchor qilishdir. Shu sababli, bu yigitlarning bir qismiga Superliga klublarida imkoniyat berish, qolganlariga esa yangi yosh avlod uchun joy bo'shatish zarur.
Yani “Olimpik Mobiuz” kelgusi mavsumda 2007–2008 yillarda tug'ilgan yoshlar bilan shakllansa, bu loyihaning mantiqiy davomi bo'ladi.
Milliy manfaat nuqtai nazaridan
So'nggi yilda U-20 terma jamoamiz Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatsizlik va Jahon chempionatiga chiqolmagani futbol tizimidagi muvozanat yo'qolganini ko'rsatdi.
Agar yoshlar faqat OTJ (olimpiya terma jamoa) uchun tayyorlansa, ularning rivoji cheklanadi. Chunki futbolchi uchun asosiy maqsad – barqaror o'yin amaliyoti, bu orqali o'sishga erishish, katta klublarga borish.
Milliy manfaat — bu loyihalarning uzluksizligi va sifati bilan taminlanadi. Bir ciklga mo'ljallangan jamoalar esa faqat vaqtinchalik natija beradi, xolos.

Xulosa: loyiha yosharishi kerak
“Olimpik-MobiUz”ni saqlab qolish kerak desangiz, ammo uning yo'nalishi o'zgarishi lozim.
* 20–21 yoshli futbolchilarga katta klublar eshigini ochish, ularni Superligaga berib yuborish
* jamoani 2007–2008 yillarda tug'ilganlar bilan yangilash;
* natija uchun emas, rivoj uchun tizim yaratish.
Agar bu amalga oshmasa, “Olimpik-MobiUz” ham ayni paytdagi “Olimpik” taqdiriga duch keladi — yoshlar o'ynatiladi, vazifa bajarib bo'lingach keraksiz matoxdek ahlatga otiladi.
Shunday ekan, bu safar xato takrorlanmasligi uchun vaqt hali bor
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar