So’nggi yangiliklar

09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  2 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  2 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  12 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  5 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  17 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  11 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  7 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  2 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  5 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  2 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  3 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  12

MAQOLA. Janjalkash, Zidandan tarsaki egan italyan Marko Materacci haqida Yangiliklar

MAQOLA. Janjalkash, Zidandan tarsaki egan italyan Marko Materacci haqida

Uning siymosi ko'z oldimizga kelganda birinchi galda JCH-2006 finalidagi Zidan bilan yuz bergan to'qnashuv ko'z oldimizga keladi.

Ayrimlar uchun u o'ta janjalkash, urishqoq, simulyaciya ishlatish bo'yicha ustadek, bazilar uchun esa jahon chempioni, “Inter” afsonasi hisoblanadi. Ha, bu – Marko Materacci. 

25 yoshgacha quyi ligada

Marko Italiyaning Lechche shahrida professional futbolchi, otasi bo'lgan Juzeppe Materacci oilasida tug'ilgan. To'g'ri, Juzeppe ko'pchilik tanigan mashhur futbolchi bo'lmadi. SHunday bo'lsada, u “Lacio” va Lissabonning “Sporting” jamoalarida to'p tepdi. Otasining kasbi o'g'lining kelajagiga tasir qilmay qolmadi, albatta. 15 yoshida onasidan ayrilgach, unda qasddan futbolchi bo'lish istagi paydo bo'ladi. U katta jamoalarga o'tguniga qadar Italiyaning quyi dvizionlarida ancha vaqt harakat qildi. “Inter”ga kelgunicha biron bir klubda o'z o'rnini topa olmagandi. Bunga esa o'zining og'ir fel-atvori, janjalkashligi sabab bo'lgan. 1995 yil B Seriya ishtirokchisi “Peruja” uni o'z safiga qo'shib oladi. Biroq, yana xarakteri sabab klubdagi mavqeini yo'qotdi, og'ir damlarni o'tkazdi. Qiliqlaridan bezor bo'lgan perujaliklar “Evertonga” pullashadi. Garchi, bu jamoa o'sha paytda o'rtamiyonalar qatorida turgani Marko uchun ahamiyatsiz edi. CHunki, u 25 yoshga kelibgina yuqori divizionda o'ynash baxtiga muyassar bo'lgandi. Menimcha, bu yoshgacha quyi ligalarda to'p tepib keyinchalik Jahon chempioni va CHempionlar ligasida g'olib chiqqan futbolchilar sanoqli bo'lsa kerak. Materaccining Angliyadagi sarguzashti u qadar yorqin kechmadi. CHempionatning ko'p uchrashuvlarini disvalifikaciya sabab o'tkazib yuborishga to'g'ri keldi, uch martta hakamlar tomonidan chetlatildi, jarimalar solindi. Klub rahbarlari bunday futbolchining keragi yo'q deb hisoblashdi va chiqish eshiklarini ko'rsatishdi. Natijada “Perudja”ga qaytishga qaror qildi. 1999-2001 yillar oralig'ida u jamoa safida 51ta uchrashuvda maydonga tushdi va 20ga yaqin gollarni urdi. Har qanday futbolchining ustun va kuchli tomonlari bo'ladi. Uni topish va foydalanish murabbiyning maxoratiga bog'liq.

“Inter”, janjal, mojarolar

2001 yilda “Inter” ustoziga aylangan, O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper o'zining pragmatik uslubiga yaqin o'yinchilarni atrofida jamladi. Ular orasida Marko ham bor edi. Jamoada kolumbiyalik Ivan Kardoba bilan markaziy himoyada ajoyib tandem hosil qildi. SHunda ham u qiziqqonligi bilan barchaga o'zini ko'rsatishga urindi, murabbiy Kuper har qancha urinmasin shogirdining odatini yo'q qila olmadi. O'yin paytida raqibni ayamasdi, urardi, tarsaki tushirardi. SHevchenko, Pablo Sorin, Benni Makkarti Markodan jabr ko'rganlar toifasiga kirishadi. SHu sababli muxlislar tomonidan unga “Qassob”, “Qotil”, “Hayvon” laqabi beriladi. Klubga kelgan birinchi yilidayoq skudettoni yutishga juda yaqin kelgandi, "neradzurrilar" so'nggi turlargacha turnir jadvalida birinchi o'rinda borardi. Ammo jamoa kutilmaganda “Lacio”ga mag'lub bo'ldi va uchinchi pog'onaga sho'ng'iydi. Yillar davomida Materaccining maydondagi o'rni yo'qolib bordi. Lekin, jamoa ichida uning obro'si shubhasiz baland edi. “Inter”dagi 10 yillik faoliyatidan so'ng klub bilan juda yomon holatda xayrlashdi. Yangi bosh murabbiy Leonardo futbolchini 2011/12 yilgi CHempionlar ligasi uchun ro'yhatga kiritmadi. Amalda darhol shartnomasini bekor qildi va Hindistonga otlandi. 

Terma jamoa va Zidan bilan to'qnashuv

Marko Materacci Italiya terma jamoasida 2000 yilda debyutini nishonlagan. Ochig'i, o'sha paytlarda italiyaliklarning markaziy himoyasida raqobat kuchli va yulduz futbolchilar harakat qilardi. Fabio Kannavaro, Alessandro Nesta, Paolo Maldinilar bilan kurashda g'olib chiqish deyarli imkonsiz edi. Boz ustiga yuqorida aytganimizdek xarakter, mojarolar uni asosiy tarkibda tushishiga to'sqinlik qiladigan yagona omil edi. SHuning uchun 2004 va 2008 yilgi Evropa chempionatlari, 2002 yilgi Jahon chempionatida faqat bitta uchrashuvda o'ynadi. Biroq, 2006 yilgi Germaniyadagi mundial uni kimlar uchundir qahramonga aylantirdi. CHexiya bilan guruh bosqichidagi uchrashuvning 17-daqiqasida Nesta jarohat oladi va bosh murabbiy Lippi uning o'rniga Markoni tushiradi. To'qqiz daqiqadan so'ng u gol urib, termasi uchun durangni taminlaydi. Qaysidir manoda uning goli Italiyani keyingi bosqichga olib chiqadi. Franciya bilan final uchrashuvi nafaqat muxlislarning, balki o'zining hayotidagi unutilmas kun bo'lib qoldi. Bahsning asosiy vaqtida g'olib aniqlanmagach qo'shimcha bo'limlar belgilandi. Franciyaning hujumidan keyin Zidan ortga qaytayotganda Materacci Zizuga nimadir deb gapirib qoladi. Kutilmaganda to'xtagan Zidan raqibining ko'kragiga boshi bilan qattiq zarba beradi va Materacci oyog'i erdan uzilib maydonga yiqiladi. Zinedin bu voqeani quyidagicha izohlagandi: “U mening kiyimimni ushlayverganidan keyin bu ishni bas qilishini, uchrashuv tugagach futbolkamni sovg'a qilishimni aytdim. U esa onam va singlimni kurakda turmaydigan gap bilan haqorat qildi. Men bunga chiday olmadim”. Marko esa yuz bergan holat haqida “Men aslida nima degandim” nomli kitob chiqargandi. Kitobda har kim tomonidan aytilgan 260ga yaqin tahminlar yozilgan. Himoyachi esa intervyularini birida batafsil gapirgandi. “Sening singling kabi foxishalar menga yoqadi”, deb aytganini tan olgan edi.


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика