Manuel Noyer "Bavariya"da yiliga 20 million evro maosh olmoqchi
10 apr 2020 18:50
Yangiliklar


Manuel Noyer "Bavariya"da yiliga 20 million evro maosh olmoqchi
"Bavariya" darvozabon Manuel Noyer bilan haligacha shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayapti.
Darvozabon yangi shartnomaga ko'ra, klubdan yiliga 20 million evro miqdorida maosh olmoqchi.
Oldinroq, 34 yoshli Noyerning klubdan 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma talab qilayotgani to'g'risida xabarlar yangragandi.
"Bavariya" esa uning istaklarini qondirishga tayyor emas, klub unga 2023 yilgacha bo'lgan bitim taklif qilmoqda.
Noyer joriy mavsum "Bavariya" libosida barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 38ta to'p o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar