Mane: "Bavariya" bilan ilk sovrinimni qo'lga kiritganimdan juda xursandman"
31 iyu 2022 20:47
Yangiliklar
Mane: "Bavariya" bilan ilk sovrinimni qo'lga kiritganimdan juda xursandman"
Senegallik Sadio Mane "RB Leypcig"ni 5:3 hisobida mag'lub etib, sovrinni qo'lga kirita olgan Myunxen jamoasining bir qismi bo'lganidan chinakamiga xursand ekanligini aytdi.
"Albatta, "Bavariya" bilan ilk sovrinimni qo'lga kiritganimdan juda xursandman. Birinchi kundanoq bu buyuk klubning bir qismi bo'lib kelayotganimdan baxtiyorman. Ajoyib o'yinchilar safida moslashib ketish jarayoni men uchun oson bo'ldi, ular hayotimni osonlashtirishdi. Men haqiqatan ham baxtliman. Bu – katta baxt. Endi men yangi g'alabalarni kutaman. Bundesligada o'ynash ajoyib qaror bo'ldi", – dedi Mane.
Eslatib o'tamiz, Mane Germaniya Superkubogi uchun o'tkazilgan bahsda bitta gol muallifiga aylandi. Bu sovrin "Bavariya" uchun 10-kubok edi. Myunxen klubi ushbu sovrinni 1987, 1990, 2010, 2012, 2016, 2017, 2018, 2020, 2021 yillarda qo'lga kiritgan.
Fikrlar