So’nggi yangiliklar

15:16"Манчестер Сити" футболчиси сафдан чиқди  0 14:49"Бунёдкор" стадионида аёллар ўйнайди: Суперлига баҳси "Дўстлик"ка кўчди  0 14:33Қониқарсиз натижалар "Локомотив" мураббийларини лавозимидан маҳрум этди  2 14:04Қашқадарё вилояти футбол академияси футболчилари "Насаф" қароргоҳида бўлди  0 13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  4 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  3 10:43Томас Мюллер: “МЛСга ўтишим эҳтимолдан холи эмас”  1 10:06"Пахтакор" Қаршида 3 йилдан буён гол ура олмаяпти  16 09:36Эшитдик-да! Ислом Исмоилов тез орада "Нефтчи"да иш бошлайди  35 09:23Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ильгиз Танташев бошқарган учрашувда "Интер" "Ривер Плейт"ни енгиб кейинги босқичга йўл олди  4 08:44"Андижон" охирги маротаба "Хоразм"ни меҳмонда қачон ютган?  5

Manchini terma jamoa va turnir favoriti haqida gapirdi Yangiliklar

Manchini terma jamoa va turnir favoriti haqida gapirdi

"Menga jamoadagi muhit yoqadi", - deydi Italiya bilan qatorasiga 27 o'yinda mag'lub bo'lmay kelayotgan murabbiy.

Roberto Manchini terma jamoani 2018 yil may oyida jamoa tanazzulga uchrayotgan paytda qabul qilib oldi.


60 yil ichida Italiya terma jamoasi ilk marta Jahon chempionatining final bosqichiga chiqa olmadi, shuningdek, Saudiya Arabistoniga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida g'alaba qozonganidan so'ng, Manchini boshchiligidagi italiyaliklar ketma-ket beshta g'alabasiz uchrashuv o'tkazdilar, shulardan ikkitasida italyanlar imkoniyatni boy berishdi.


SHundan buyon Italiya terma jamoasi 27 uchrashuvda mag'lub bo'lmadi. Agar Manchini shogirdlari EVRO-2020 guruh bosqichida Turkiya, SHveycariya va Uels bilan urashuvlarda raqiblariga yutqazmagan holda ushbu seriyani 30 uchrashuvga etkazsa, mutaxassis Vittorio Pozzo 1930 yillarda boshqargan "Skuadra Adzurra"ning mag'lubiyatsiz 30 o'yinlik natijasini takrorlaydi.


Saralash bosqichida italiyaliklar o'n uchrashuvning barchasida g'alaba qozondi. Jamoa sakkiz g'alabali seriya bilan EVRO-2020'ning final bosqichiga etib keldi. Manchinining ro'yxatidan Federiko Keza singari yosh futbolchilar ham, Jorjio Kellini kabi faxriylar ham o'rin olgan. UEFA.com bilan suhbatda Manchini jamoa tarkibi va guruhdagi raqiblari to'g'risida fikr bildirdi hamda juma kuni Turkiyaga qarshi ilk o'yinda o'z muxlislari qarshisida maydonga chiqishni orziqib kutayotganini tan oldi.


Tarkib haqida


Menga jamoada hukmronlik qiladigan muhit hamda yosh futbolchilarning qisqa vaqt ichida nimalarga qodir ekanligini namoyish etayotgani yoqmoqda. Bunga qisman tajribali o'yinchilarning yordami sabab bo'ldi. Bazida futbolchilarga tajriba oshirish uchun ko'proq vaqt kerak bo'ladi, ammo yoshlar tezda o'rganishmoqda va allaqachon ularning mahorati sezilarli darajada yaxshilangan. Ular hali yosh bo'lgani uchun bundan-da yuksalishi mumkin.

Guruhdagi raqiblar haqida

Biz qiyin guruhdamiz. Bunday turnirlarda kuchsiz jamoalarni topish juda qiyin. Barcha uchrashuvlar og'ir kechadi. Quradan keyin guruh oddiy tuyulishi mumkin, ammo bugungi futbol juda o'zgargan. Hozir har bir jamoa taktik, texnik va jismoniy jihatdan yaxshi tayyorgarlikka ega. Bu guruhda bizga oson bo'lmaydi.

Turkiya kuchli jamoa. Ular jismoniy va texnik jihatdan kuchli o'yinchilarni birlashtirgan. Turklar sezilarli yutuqlarga erishdilar. Xuddi shu sifatlarni SHveycariya va Uels uchun ham qo'llash mumkin.

Potencial jihatdan eng qiyin raqib

Yuqorida takidlaganimdek, turnirda ko'plab nomdor jamoalar bor. Agar birortasini aytishim kerak bo'lsa, ehtimol Franciyani tanlagan bo'lar edim, chunki ular amaldagi jahon chempioni. Francuzlar JCH-2018 g'olibi bo'lganida tarkib yosh jamoadan iborat edi, shuning uchun ular hozirda yanada kuchliroq. Menimcha, ular bilan faqat finalda uchrashishimiz mumkin. Umid qilamanki, hal qiluvchi bahsda ushbu mamlakat vakillari bilan to'qnashamiz.

Tomoshabinlar haqida

Turnirda muxlislarning o'rni judayam muhim. "Olimpiko"ga 70 ming tomoshabin tashrif buyursa, juda soz bo'lardi. Men u erda 1990 yilda Jahon chempionatida o'ynaganman — o'shanda muxlislarning borligi o'zgacha jozibali edi. Hozir barchasi biroz boshqacha: muxlislar sanoqli, lekin ularning huzurida o'ynash maroqli.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика