Manchini: "Ronaldu CHLda avvalgi darajasini ko'rsatmayapti"
25 fev 2019 17:40
Yangiliklar


Manchini: "Ronaldu CHLda avvalgi darajasini ko'rsatmayapti"
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini "Yuventus" va "Atletiko" o'rtasida o'tkaziladigan CHempionlar ligasi 1/8 final javob o'yini haqida fikr bildirdi.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk bahs 2:0 hisobida "matraschilar" g'alabasi bilan yakunlangan edi.
"Ikkala jamoa ham bahs qiyin o'tishini yaxshi biladi. Kambekning sexrli formulasi yo'q, biroq "Yuventus" tajribali jamoa va o'tgan mavsum "Real"dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng qayta olgan.
Hozir Ronaldu CHempionlar ligasida avvali darajasini ko'rsatmayapti, ammo Krishtianu ushbu turnirda muvaffaqiyatga erishgan. U APL bilan raqobatlasha oladigan A Seriyada yaxshi o'ynayapti. Ronaldu mavsumni yaxshi o'tkazmoqda" - deydi Manchini.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar