Levandovski Pushkashning rekordini yangiladi
31 mar 2025 13:04
Yangiliklar
Levandovski Pushkashning rekordini yangiladi
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski yangi rekord o'rnatib, 36 yoshdan oshgan o'yinchilar orasida La Liganing eng yaxshi to'purari bo'lib oldi.
Endi uning hisobida 22 ta gol bor, bu ilgari ushbu rekordni qayd etgan Ferenc Pushkashnikidan bittaga ortiq. Levandovski "Jirona"ga qarshi o'yinda ikkita gol urdi va "Barselona"ning 4:1 hisobidagi g'alabasida munosib hissa qo'shdi.
Robert Levandovski joriy mavsum barcha musobaqalarda jami 38 ta gol urdi, shundan 25 tasi La Ligada. Bu unga to'purarlik poygasida Kilian Mbappeni uch gol farqi bilan ortda qoldirish imkonini berdi.
"Barselona" hamon Ispaniya chempionati turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar