"Manchester Siti" stadion yonida de Bryuyne haykali o'rnatiladi
21 may 11:49
Yangiliklar


"Manchester Siti" stadion yonida de Bryuyne haykali o'rnatiladi
Bugun belgiyalik yarim himoyachi klubdagi so'nggi uy o'yinini o'tkazdi. "Shaharliklar" APLning 37-turida "Bornmut"ni mag'lub etdi.
"Manchester Siti" "Etixad Stedium" yonida de Bryuyne haykali o'rnatilishini elon qildi.
Hozirda "Manchester Siti" stadioni atrofida Vensan Kompani, David Silva, Serxio Aguero, Mayk Sammerbi, Frensis Li va Kolin Bell haykallari mavjud.
"Bu men doimo ushbu klubning bir qismi bo'lishimni anglatadi. Qachon oilam va do'stlarim bilan bu erga qaytsam, o'zimni ko'ra olaman, shunday qilib men doim "Siti" bilan birga bo'laman", – dedi de Bryuyne BBCdagi Match of the Day efirida.
De Bryuyne "Manchester Siti"ga 2015 yil yozida o'tgan. Klub tarkibida Kevin 421 ta o'yin o'tkazib, 108 gol urdi va177 ta golli uzatma berdi. U "shaharliklar" bilan 19 ta sovrinni qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar