Manchini: "Belgiyaga qarshi o'z o'yinimizni ko'rsatamiz"
02 iyu 2021 08:29
Yangiliklar


Manchini: "Belgiyaga qarshi o'z o'yinimizni ko'rsatamiz"
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Belgiyaga qarshi chorak final o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz o'z o'yinimizni ko'rsatamiz, ammo raqibga hurmat saqlagan holda - ularning qanday darajada kuchli ekanligini bilamiz. Bungacha ham ko'rdik, chempionatda oson o'yinlar bo'lmaydi.
Belgiya hozir jahonning eng kuchli terma jamoalari qatorida, ammo bu narsa ko'p narsani o'zgartirmaydi, ahir ushbu turnirda barcha o'yinlar qiyin kechmoqda.
Ishdan zavq olish muhim deb hisoblayman. Agar raqibdan ko'proq gol ursak bu ajoyib bo'ladi.
Vaziyatga qaraymiz. Agar nimadir rejadagidek kechmasa o'zgartirishlar kiritishimiz mumkin. Ishonchim komil, bizni ajoyib o'yin kutmoqda. Kim kamroq xato qilsa, o'sha yutadi. Bu teng to'qnashuv bo'ladi", - dedi Manchini.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar