"Manchester Yunayted"ning "Arsenal"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasi malum qilindi, Pogba Londonga ketmagan
31 dek 2019 21:08
Yangiliklar


"Manchester Yunayted"ning "Arsenal"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasi malum qilindi, Pogba Londonga ketmagan
Ertaga APLning 21-turi doirasida "Manchester Yunayted" safarda "Arsenal"ga qarshi bahs olib boradi.
Angliya matbuoti mankunianliklarning "kanonirlar"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasini malum qildi. Qayd etish kerak, jamoaning Londonga jo'nab ketgan tarkibida Pol Pogba ko'rinish bermagan.
Darvozabonlar: De Xea, Romero, Grant
Himoyachilar: Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelof, Jons, Uilyams, Yang, SHou
Yarim himoyachilar: Matich, Fred, Pereyra, Lingard, Jeyms, Mata
Hujumchilar: Reshford, Marsyal, Grinvud, CHong, Gomes
Oldinroq "Yunayted" ustozi Ole-Gunnar Sulsher yarim himoyachi Pol Pogba "Arsenal"ga qarshi o'yinda qatnashishi mumkinligini, biroq u hali ham tiklanishga ulgurmaganini aytgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar