"Arsenal" yana bir futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

18 noya 2026, 09:20
Himoyachi Pero Xinkapi Londonning "Arsenal" klubi bilan yangi kelishuv imzolab, shartnomasini 12 oyga uzaytirdi - endi u 2032 yilga qadar amal qiladi.

Bitimning moliyaviy shartlari avvalgi shartnomaga nisbatan yaxshilangan. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

24 yoshli ekvadorlik futbolchining "Arsenal"ga o'tishi 2026 yilning yozida to'liq transferga aylandi - bungacha u 2025 yil sentyabr oyida Leverkuzenning "Bayer" klubidan ijara asosida jamoaga kelib qo'shilgan edi.

O'tgan mavsumda Xinkapi barcha turnirlarda 39 ta o'yin o'tkazdi. "Arsenal" Angliya chempionligini qo'lga kiritdi va Chempionlar ligasi finaliga chiqdi. Joriy mavsumda ekvadorlik futbolchi to'qqizta uchrashuvda maydonga tushdi, shulardan beshtasi milliy chempionat bahslariga to'g'ri keladi.

O'xshash yangiliklar

Manba: The Athletic