"Manchester Yunayted" skautlari A Seriyaning bugungi o'yinida vunderkindning o'yinini kuzatish uchun Italiyaga yo'l olishdi
24 sen 2019 16:06
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" skautlari A Seriyaning bugungi o'yinida vunderkindning o'yinini kuzatish uchun Italiyaga yo'l olishdi
"Manchester Yunayted" skautlari Breshiyaga mahalliy jamoaning "Yuventus"ga qarshi o'yinini ko'rish uchun yo'l olishdi.
Bugun A Seriyaning 5-turi doirasida "Breshiya" o'z maydonida "Yuventus"ni qabul qiladi.
Tashrifning sababchisi esa mezbonlar tayanch yarim himoyachisi Sandro Tonalidir. U bugungi o'yinda asosiy tarkibda tushishi kutilmoqda.
Tonaliga MYUdan tashqari "Inter", "Milan" va Dortmundning "Borussiya" klublari qiziqmoqda.
19 yoshli o'yinchi joriy mavsum Italiya chempionatida 4ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar