"Manchester Yunayted" Mataga 1 yillik shartnoma taklif qildi

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2019, 15:45
"Manchester Yunayted" jamoa yarim himoyachisi Xuan Mataga 1 yillik bitim taklif qildi.

30 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher ispaniyalik futbolchining o'yinidan mamnun va Matani yana bir mavsum MYUda olib qolmoqchi. Xavbekka bitimni 12 oyga uzaytirish imkoniyati bilan 1 yillik shartnoma taklif qilindi.

Mata taklif haqida o'ylayapti, chunki unda Italiyadan takliflar bor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Evening Standard