"Manchester Yunayted" Frenki de Yongni qo'lga kiritishi mumkin

Sherzod Nurmatov
11 mar 2023, 13:21
Ingliz klubi "Barselona" futbolchisi Frenki de Yongni qo'lga kiritish uchun katta imkoniyatga ega.

"Barselona" klub holatini biroz muvozanatga keltirish uchun niderlandiyalik futbolchiga ruxsat berib yuborishi kutilmoqda. "Qizil iblislar" uzoq vaqtdan buyon 25 yoshli futbolchining muxlisi bo'lib kelishgan va o'tgan yozda uni o'ziniki qilish uchun kurashgan edi. Biroq APL vakilining barcha say-harakatlari bekor bo'lgan edi.

Ma'lum qilinishicha, Kataloniya klubi Niderlandiya terma jamoasi vakilining "Kamp Nou"dan ketish narxini 70 mln funt etib belgiladi. Mankunianlar agar etarli mablag'ga ega bo'lsa, ushbu talabni qondirishga tayyor ekani aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider