"Manchester Yunayted" - Donnarumma uchun kurashda favorit
22 fev 2021 17:38
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" - Donnarumma uchun kurashda favorit
"Milan" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etayotgan 21 yoshli darvozabon Janluiji Donnarumma faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Darvozabon uchun bosh davogar "Manchester Yunayted" hisoblanadi. "Qizil iblislar"dan tashqari Donnarummaga "Bavariya" va "Yuventus" klublari ham qiziqish bildirishmoqda.
Janluijining "rossonerilar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 25ta to'p olib chiqdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar