"Manchester Yunayted" Dembelening narxini bilib oldi

Mirjalol Normatov
24 fev 2020, 20:59
"Manchester Yunayted" "Lion" hujumchisi Mussa Dembelening xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, futbolchining o'zi ham faoliyatini APLda davom ettirishga qarshi emas. MYU yozgi transferlar oynasi vaqtida ilk navbatda hujum chizig'ini mustahkamlamoqchi. 23 yoshli hujumchisining Fransiya jamosi bilan shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi. "Lion" futbolchini 98 mln evroga sotishga tayyor.

Futbolchi ushbu mavsumda 25 o'yinda 14 gol va 2 assistentlik qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports