"Manchester Yunayted" "Barselona" futbolchisi uchun 80 mln evro berishga tayyor
05 mar 12:58
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" "Barselona" futbolchisi uchun 80 mln evro berishga tayyor
"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado "Manchester Yunayted"ning ro'yxatida bor.
21 yoshli Kasado yozda "Manchester Yunayted"ning ustuvor transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi, xavbek Angliya grandi bosh murabbiyi Ruben Amorimga juda yoqadi. Portugaliyalik mutaxassisning fikricha, Kasado maydon markazida "qizil iblislar"ning barcha muammolarini hal qiladi, shu sababli klub hozirdanoq "Barselona" uchun 80 million evrolik birinchi taklifni tayyorlamoqda.
Qayd etilishicha, ushbu taklif "tuproqni paypaslash" sifatida baholanmoqda, bu "Barselona"ning Kasadoni sotish bo'yicha muzokaralarga qanchalik tayyorligini tushunish imkonini beradi. Xavbek joriy mavsumda barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar