"Manchester Yunayted" 36 yoshli himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi
12 iyu 22:07
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" 36 yoshli himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi
Klub tajribali himoyachisini yana bir yil olib qoladi.
"Manchester Yunayted" klubi jamoa himoyachisi Jonni Evans bilan shartnomani uzaytirdi. 36 yoshli himoyachi yana bir yil MYUda qoladigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Jonni Evans 2023 yilda "Lester"dan MYUga kelib qo'shilgandi. Dastlab, himoyachi jismoniy holatini saqlab turish uchungina "Man Yunayted"ning mavsum oldi yig'inlarida ishtirok etgandi. Keyin esa u klub bilan shartnoma imzoladi.
Malumot uchun, Jonni Evans o'tgan mavsum davomida MYU tarkibida 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi. SHulardan 23 ta o'yin APL bahslari hisoblanadi.
Fikrlar