"Manchester Siti" yangi o'yinchisini La Liga klubiga ijaraga berib yubordi
12 avg 2019 17:47
Yangiliklar


"Manchester Siti" yangi o'yinchisini La Liga klubiga ijaraga berib yubordi
"Manchester Siti" himoyachisi Pedro Porro bu mavsumni ijara asosida "Valyadolid"da o'tkazadi.
Bu haqda ispan klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
"Siti" shu yozda 19 yoshli futbolchini "Jirona"dan sotib olgan edi. Porroning "shaharliklar" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.
Porro yakunlangan mavsum "Jirona" safida 34ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 4ta assist qayd etgan.
Eslatib o'tamiz, Pedro Porro "Manchester Siti"ga 8 avgust kuni o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar