"Manchester Siti" egalari yana bir klubni sotib oldi
11 may 2020 23:26
Yangiliklar


"Manchester Siti" egalari yana bir klubni sotib oldi
"City Football Group" xolding kompaniyasi o'z rasmiy saytida Belgiyaning "Lommel" klubi sotib olinganini rasman malum qildi.
So'nggi yillarda Belgiyada futbol surati o'sib borayotgani sababli kompaniya ushbu davlatga ham kirib bordi. Hozircha moliyaviy hisobotlar malum qilinmagan.
"Lommel" SKni namunaviy klub sifatida yaratish uchun yosh futbolchilarga katta etibor beriladi.
Qayd etish kerak, "City Football Group" xolding kompaniyasi yana 8 klubning egasi hisoblanadi. Bular: "Manchester Siti" (Angliya), "Jirona" (Ispaniya), "Nyu-York Siti" (AQSH), "Atletiko Torke" (Urugvay), "Melburn Siti" (Avstraliya), "Yokogama Marinos" (Yaponiya), "Sychuan Czyunyu" (Xitoy) va "Mumbay Siti" (Hindiston).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar