"Manchester Siti" Agueroga "Sautgempton"dan o'rinbosar topdi
23 mar 2021 10:34
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/626813_original.jpg)
![](/upload/storage/626813_220.jpg)
"Manchester Siti" Agueroga "Sautgempton"dan o'rinbosar topdi
"Manchester Siti" "Sautgempton" hujumchisi Denni Ingzni jamoadan ketishga yaqin bo'lgan Serxio Agueroga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
"Siti"ning bosh maqsadi hali ham "Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Erling Xoland bo'lib turibdi. Ammo uning 120 million evrolik narxi klubni "qo'rqitmoqda", "Siti" shu sabab boshqa forvard variantlarini ham ko'rmoqda.
"Sautgempton" 2019 yilda Ingzni "Liverpul"dan 22 million evro evaziga xarid qilgandi.
28 yoshli hujumchi joriy mavsum APL doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar