"Manchester Siti" Abduqodir Husanovning afrikalik tengqurini sotib olishga yaqin
21 jan 2025 11:55
Yangiliklar
"Manchester Siti" Abduqodir Husanovning afrikalik tengqurini sotib olishga yaqin
"Manchester Siti" "Valyadolid"ning 18 yoshli markaziy himoyachisi Juma Baning transferi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi.
Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, muhokama qilinayotgan variant shundan iboratki, kelishuvdan so'ng Juma Ba 20 yoshli markaziy himoyachi Abduqodir Xusanovning sobiq jamoasi "Lans"ga ijaraga yuboriladi.
Ba joriy mavsum "Valyadolid" safida 14 ta o'yin o'tkazdi. U Serra-Leone terma jamoasiga ham chaqiriladi, biroq hali debyutini o'tkazmagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar