Manba: Benzemani Saudiya Arabistonidan kelgan taklif qiziqtirib qo'ydi
30 may 2023 12:13
Yangiliklar
Manba: Benzemani Saudiya Arabistonidan kelgan taklif qiziqtirib qo'ydi
Franciyalikka juda ko'p pul taklif qilinmoqda.
Karim Benzema Saudiya Arabistoni hukumati taklifini qabul qilib, mahalliy futbol ligasiga o'tish haqida jiddiy o'ylamoqda, deb xabar berdi "Relevo". Amaldagi "Oltin to'p" sohibi, agar 2009 yildan beri o'ynab kelayotgan "Real"ni tark etishga rozi bo'lsa, keyingi ikki mavsumda 200 million evro ishlab olishi mumkin.
Taxminlarga ko'ra, madridliklar Benzema bilan shartnomani avtomatik ravishda 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan. Biroq futbolchiga yaqin manbalarning xabar berishicha, Karim so'nggi haftalarda o'zini chetga surib, o'ychan bo'lib qolgan, klubning ayrim ishlariga etibor bermay qo'ygan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar