So’nggi yangiliklar

13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  0 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  17 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6

Malayziya OTJ bosh murabbiyi: "Bugun musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynadik" Yangiliklar

Malayziya OTJ bosh murabbiyi: "Bugun musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynadik"

U23 Osiyo kubogi 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Malayziya (2:0) uchrashuvidan so'ng Malayziya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xuan Torres Garrido matubot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

- Bugun musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynadik. O'yin avvalida xatoga yo'l qo'ydik va penaltidan raqib hisobni ochdi. Hisobda ortda borayotganimizdan keyin hujumga urg'u berishga majbur bo'ldik. Ikkinchi golda ham xatoga yo'l qo'ydik va gol o'tkazib yubordik. Keyingi o'yinlarda kamroq xatoga qilish va ko'proq natija qayd etishga harakat qilamiz.

- Bugun O'zbekiston va Malayziya o'rtasidagi farq qanchalik bilindi?

- O'zbekiston terma jamoasi juda kuchli. Bunga o'zingiz guvoh bo'ldingiz. Terma jamoa bosh murabbiyi ham uzoq vaqtdan beri ishlab kelmoqda va yaxshi jamoa tashkil qilgan.

- Keyingi uchrashuv haqidagi fikringiz? Keyingi raqibimiz Vetnamga qarshi uchrashuvda g'alaba qozonishimiz uchun nimalarni o'zgartirishimiz kerak?

- Bugungi o'yin namoyish etganidek, biz samaraliroq hujum qilishimiz kerak. Ko'proq to'pga egalik qilsak va ko'proq hujum qilsak natija yaxshi bo'ladi degan umiddaman.

- Malayziya terma jamoasi futbolchilarining jismoniy holati yaxshi emasligini bugungi uchrashuv ko'rsatib berdi. Ushbu muammoni qanday hal etmoqchisiz?

- Uchrashuvlar oralig'i juda qisqa. Tezroq tiklanishga harakat qilishimiz kerak. Har ikki kunda o'yin o'tkazish oson emas, lekin bu bizga bahona bo'la olmaydi. Barcha terma jamoalar shunday grafik bo'yicha o'ynashmoqda. Vetnam va Quvaytga qarshi kechadigan bahslarda g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqish asosiy maqsadimiz.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика