So’nggi yangiliklar

09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  7 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  3 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6

Malayziya, Indoneziya, Qozog'istonda o'ynagan o'zbekistonlik hujumchi bilan suhbat Yangiliklar

Malayziya, Indoneziya, Qozog'istonda o'ynagan o'zbekistonlik hujumchi bilan suhbat

Xabaringiz bor, 13 noyabr sanasida A PRO-Ligada 28-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi va rasman mavsum yakuniga etdi.

Joriy mavsumda raqiblari darvozasiga jami 19 ta gol urgan "Oq-tepa" hujumchisi Pavel Purishkin to'purarlar poygasida g'oliblikni qo'lga kiritdi. Saytimiz muxbiri Pavel Purishkin bilan intervyu tashkil etdi. Quyida ushbu intervyuning to'liq matni bilan tanishishingiz mumkin.

- Avvalo sizni A PRO-Liga to'purarlari poygasidagi g'oliblik bilan tabriklaymiz! Sizning fikringizcha ushbu mavsum qanday o'tdi?

- Rahmat tabrik uchun! Bu albatta faqat o'zimni emas, balkm jamoamizning yutug'i bo'ldi. Mavsum yaxshi o'tdi deb o'ylayman. Birinchi davrada "Oq-tepa"da jamoaviy o'yinni tashkillash yuzasidan bir oz qiyinchiliklarga duch keldik, shu sababdan ko'rsatgan natijalarimiz ko'ngildagidek bo'lmadi. Barchangizni xabaringiz bor, davralar oralig'ida jamoamizda o'zgarishlar bo'ldi, shundan o'yinimiz ijobiy tomonga yaxshilandi. Mavsumning ikkinchi qismida "Oq-tepa" jamoasi murabbiylari va futbolchilari birgalikda yakdillik bilan harakat qildik, ko'rib turganingizdek mavsumni 3-o'rin bilan yakunladik.

- Pavel Purishkinning futbolga kirib kelishi qanday bo'lgan?

- Buning tarixi juda uzun! Savolingizga faqatgina shuni ayta olamanki, kunlardan bir kuni o'rtog'im menga do'stlari futbol o'ynashni taklif qildi. Ular bilan futbol o'ynadim va shundan so'ng bu sport turiga mehrim tushib qoldi, shundae barchasi boshlanib ketdi. Aniq eslayman, o'shanda 8 yoshda edim.



- Bugunga qadar qaysi jamoalar safida maydonga tushdingiz?

- Dastlab 8 yoshimda Toshkent shahar bolalar futbol musobaqasida qatnashdim. Keyinchalik 11 yosh paytimda Linur Eremeev boshchiligidagi "Paxtakor" bolalar jamoasi safida o'ynadim, o'shanda ham musobaqada to'purar bo'lgan edim. 14 yoshga to'lganimda meni "Paxtakor" yoshlar jamoasiga taklif qilishdi. Bundan tashqari "SHo'rtan", "So'g'diyona", "Dinamo" jamoalari safida ham o'ynaganman. SHuningdek Malayziya, Indoneziya davlatlari chempionatlarida ishtirok etdim. Qozog'iston birinchi ligasida 6 yil o'ynadim. Keyin "Metallurg" safiga qo'shildim, oradan bir oz muddat o'tib yana "Dinamo" jamoasi tarkibiga qo'shildim. Ayni damda "Oq-tepa" jamoasi safida futbol uchrashuvlarida ishtirok etayapman.

- Terma jamoamiz haqida qanday fikrdasiz?

- Muxlislardan bir oz sabrliroq bo'lishlarini so'ragan bo'lardim, shaxsan o'zim Vadim Abramovga ishonaman, u juda kuchli murabbiy. U terma jamoamizni albatta jahon chempionatiga olib chiqadi. Buni ko'rish uchun ozroq kutishimizga to'g'ri keladi.

- Muxlislaringizga tilaklaringiz...

- Butun mavsum davomida meni va jamoamizni qo'llab-quvvatlab kelgan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Hammangizga rahmat!


Bekzod Tolibov suhbatlashdi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика