"Oil Star" bosh murabbiyi: "Umid qilamanki, o'tgan yilgi final uchun revansh olamiz"
29 may 18:34
Yangiliklar


"Oil Star" bosh murabbiyi: "Umid qilamanki, o'tgan yilgi final uchun revansh olamiz"
Xabaringiz bor, 2 iyun kuni futzal bo'yicha O'zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Bosh sovrin uchun BMB hamda "Oil Star" jamoalari kurash olib boradi. "Oil Star" ustozi Fuzuli Xayrullaev hal qiluvchi bahs oldidan quyidagi fikrlarni bildirdi.
"Final uchun tayyorgarlik jarayoni allaqachon boshlangan. O'ylashimcha, bizni qiziqarli bellashuv kutib turibdi.
Yigitlarning kayfiyati alo darajada. Umid qilaman, omad bizga ko'proq kulib boqadi va o'tgan yilgi final uchun revansh olamiz", – dedi Xayrullaev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar