Maktominey futbolchilar talqini bo'yicha A Seriyaning o'tgan mavsumidagi eng yaxshi o'yinchisi deb tan olindi
02 dek 2025 23:45
Yangiliklar
Maktominey futbolchilar talqini bo'yicha A Seriyaning o'tgan mavsumidagi eng yaxshi o'yinchisi deb tan olindi
Italiya futbolchilar uyushmasi A Seriyaning 2024/25-yilgi mavsumi yakunlari bo'yicha mukofotlarni topshirdi.
"Napoli" yarim himoyachisi Skott Maktominey o'tgan mavsumning eng yaxshi o'yinchisi deb tan olindi. Shuningdek, neapolliklar eng yaxshi klub, jamoaning bosh murabbiyi Antonio Konte esa mavsumning eng yaxshi murabbiyi mukofotini qo'lga kiritdi.
Mavsumning ramziy terma jamoasiga quyidagilar kiritildi: Mile Svilar ("Roma"), Denzel Dumfris ("Inter"), Amir Raxmani ("Napoli"), Alessandro Bastoni ("Inter"), Federiko Dimarko ("Inter"), Skott Maktominey ("Napoli"), Nikolo Barella ("Inter"), Tijani Reynders ("Milan"dan "Manchester Siti"ga o'tgan), Lautaro Martinez ("Inter"), Moyze Kin ("Fiorentina") va Mateo Retegi ("Atalanta"dan "Al Qodisiya"ga o'tgan).

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar