So’nggi yangiliklar

14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  0 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  6 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  0 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  8 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  15 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  21 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  3 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  25 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  9 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15

Maksim SHackix: "Neymar to'pni olib qo'yish uchun ortga qaytmaydi, qatarlik va eronlik futbolchilar esa yugurishadi. Xalqaro o'yinlarga qadar "Bunyodkor" stadionining maysasi yaxshilanishiga umid qilaman" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Neymar to'pni olib qo'yish uchun ortga qaytmaydi, qatarlik va eronlik futbolchilar esa yugurishadi. Xalqaro o'yinlarga qadar "Bunyodkor" stadionining maysasi yaxshilanishiga umid qilaman"

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix OFK Elit chempionlar ligasi musobaqasining qura natijalari bo'yicha saytimizga kichik intervyu berdi.

- "Paxtakor" Elit Osiyo chempionlar ligasidagi raqiblarini bilib oldi. Qura natijalari haqida fikr bildirib o'tsangiz? Qura natijalaridan qoniqdingizmi?

- To'g'risini aytsam, quralarni kuzatmayman. Bunday musobaqalarda kuchsiz jamoalar bo'lmaydi va barcha jamoalarga qarshi maydonga chiqishimiz aniq. To'g'ri, nomlar bo'yicha osonroq raqiblar bilan to'g'ri kelgandirmiz, sababi Saudiya klublarining kuchidan barcha xabardor. Lekin bu shunchaki fikr, barchasi maydonda hal bo'ladi.

- Taqvimga ko'ra "Paxtakor" 4ta uchrashuvni mehmonda o'tkazadi. "Persepolis", "Istiqlol" va "Al-SHorta" jamoalariga qarshi kechadigan bahslar safarda o'tkaziladi. Eron va Iroq mamlakatlarida nafaqat futbol o'ynash, balki safar qilish ham oson emas. Eron va Iroq safarlari qanchalik qiyinchilik tug'dirishi mumkin?

- Bu haqida o'ylab hali o'ylab ko'rganimiz yo'q. Safar qanday kechishi haqida bir nima deya olmayman, ammo ularga qarshi o'ynashimiz shart. Bunday raqiblar bilan o'ynash biroz noqulayliklar yaratadi. Safardagi tashvishlar va mahalliy muxlislarning o'z suyukli jamoasini qo'llab quvvatlashi ham raqibga ustunlik beradi. Biz hech kimdan qo'rqmaymiz va o'z darajamizni bilamiz. Qaerda va kimga qarshi o'ynashimizning farqi yo'q. O'yin kuni qanday holatda bo'lishimiz eng muhimi.

- Qura natijalari "Paxtakor"ni uchta Qatar klubiga raqib qilib qo'ydi, Qatar klublarining o'rnida Saudiya jamoalari ham bo'lishi mumkin edi. Saudiya Arabistoni klublari bizga raqib bo'lmagani ko'proq foydami yoki zarar? Saudiya klublari bilan to'qnash kelmaslik keyingi bosqichga yo'l olish imkoniyatlarini oshirgandek go'yo. SHu haqda fikr bildirsangiz?

- Bu bizga yaxshi bo'ldimi yoki yomon bu savolga javob berish qiyin. Masalan, tasavvur qilaylik biz "Al-Hilol" bilan o'ynayapmiz. Neymar to'pni yo'qotganida jamoasiga yordam berish uchun ortga qaytmaydi. Qatarlik futbolchi esa albatta bu ishni qiladi va to'pni qaytarib olishga intiladi. Bu vaziyat haqida bir nima deyish noto'g'ri. Bizga yaxshiroq yoki yomonroq bo'ldi demayman. Barchasini jamoalarning holati aniq beradi. Raqib qaysi jamoa bo'lishidan qatiy nazar. Bunday musobaqada kuchsiz jamoalar yo'q. Iroq jamoasi bo'ladimi yoki Saudiya barchasi chempionlar. Bunday o'yinlar orqali biz katta olamiz.

- Qura biz uchun omadli keldi desak ham bo'ladi. Bunday jamoalarga qarshi "Paxtakor" kurasha olishiga ko'zim etmoqda. Jamoangizning pley-off bosqich yo'llanmasini qo'lga kirita olish imkoniyatlariga baho berib o'tsangiz? Bunday raqiblarga qarshi "Paxtakor"dan ko'p narsa kutsak bo'ladi.

- Imkoniyatlarimiz 50/50. Biz ushbu musobaqaga adashib kelib qolganimiz yo'q. Barcha jamoalarga qarshi maksimal tarzda kurashamiz. Maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish. Yagona tilagim "Bunyodkor" stadionining maysasini yaxshilash. Bunday maydonda sifatli futbol ko'rsatish qiyin masala.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика